Ishchi guruh Amudaryo tumanida tashkil qilingan tikuvchilik kooperatsiyalari faoliyati tanishdi
2022-yilda Amudaryo tumani mahallalarida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik subʼektlari va xonadonlar oʻrtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish orqali bandlikni taʼminlash va ishsizlikni kamaytirish boʻyicha dastur ishlab chiqilgan edi.
27-may kuni tadbirkorlik usulida kooperatsiya faoliyatini tashkil etish ishlarini davom ettirish, mavjud muammolarni oʻrganish, shuningdek, tadbirkorlarga zaruriy koʻrsatma hamda tavsiyalar berish maqsadida Respublika ishchi guruhi masʼullari tumanimizga tashrif buyurdi.
Ishchi guruh rahbari Bahodir Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi boʻlim mudiri Gulnora Ilmuradova hamda boshqa ishchi guruh aʼzolari, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshligʻi Jasurbek Davletov hamrohligida joylarga chiqib, oʻrganish ishlari olib bordilar.
Ishchi guruh dastlab, Xitoy ovul fuqarolar yigʻini binosida oʻz ish faoliyatini boshlagan, Tamara Yusupova rahbarlik qiluvchi “Raximboyeva Salomat” ishlab chiqarish kooperativida boʻldilar.
Ushbu kooperativga tumandagi Xitoy, Toʻlqin ovullari, Yuqori qishloq, Besh ovul, Tosh qalʼa mahalla fuqarolar yigʻinlaridan jami 49 ta xonadon tikuvchilik kooperatsiyasiga jalb qilindi va ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi.
Ushbu ishlarni tashkil qilish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi tomonidan 132,1 mln. soʻm subsidiya ajratib berildi.
Ajratilgan subsidiyalardan samarali tarzda foydalanib, talab yuqori boʻlgan mahsulotlar bilan ichki bozorni taʼminlab kelayotgan tadbirkor ayollar nafaqat oilasi, balki jamiyatning rivoji uchun ulkan hissa qoʻshadilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶