BIR YILLIK MAJBURIY TAʼLIM MAKTAB YoŞIDAGI BOLANING TAʼLIMGA TEZ MOSLAŞŞIŞNI TAʼMINLAYDI
Yurtimizda bolalarni boşlanğiç taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlaş böyiça dastlabki loyihaning ijobiy tajribasini boşqa hududlarda ham tatbiq etiş, maktabgaça taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş, soğlom, faol, barkamol, ijtimoiy moslaştirilgan bolalarni tarbiyalaş, kelgusida muvaffaqiyatli öquv faoliyati uçun şart-şaroitlarni şakllantiriş va ularni boşlanğiç taʼlimga sifatli tayyorlaş borasida tegişli çora-tadbirlar, samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yöllagan Murojaatnomasi ijrosini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boşlanğiç taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlaş tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 132-sonli qarori qabul qilingan edi. Vazirlar Mahkamasining şu yil 9-fevraldagi “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boşlanğiç taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlaş tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi 66-son qarori ham qabul qilinib, özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Unga köra, tayyorlov guruhlarida öquv yili joriy yilning 2-sentyabridan keyingi yilning 31-mayigaça bölgan davrni, yozgi soğlomlaştiriş davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigaça bölgan davrni öz içiga oladi. Şuningdek, maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti tegişli organlar tomonidan may va iyun oylarida örganiladi. Ilgari bu iyun va iyul oylarida amalga oşirilardi. Endi tayyorlov guruhlariga kelgusi yilda 7 yoşga töladigan bolalar qabul qilinadi. Oldingi tahririda bu yoş tegişli yilning 1-sentyabrida 5 yoş-u 6 oyni taşkil qilardi.
Tumanimizda ham maktabgaça taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar uçun tayyorlov guruhlari şakllantirilib, tayyorlov guruhlarining öquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, taʼlim va tarbiyaning samarali şakllari hamda usullari joriy etilmoqda. Tayyorlov guruhlari milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob öqişga qiziqişni oşiradigan öquv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvçi öyinlar hamda öyinçoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda. Ilğor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, maktabgaça taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topişi uçun şart-şaroitlar yaratiş, tayyorlov guruhlarini taşkil etişda maktabgaça taʼlimning muqobil şakllarini keng joriy etiş maqsadida tumanda 2020-21-yilda 10 ta guruhga 300 nafar bolalar qamrab olingan edi. 2021-2022 öquv i ham qamrov kengaytirilib, 5 ta guruhda 145 bola şu kungaça 445 nafar bolalar tayyorlov guruhlariga jalb etildi. Yangi 2022-2023 öquv yili uçun ham tayyorlov guruhlarini taşkil etiş va ularga maktab yoşidagi bolalarni qamrab oliş borasida tegişli çora-tadbirlar körilmoqda.
Bir yillik majburiy tayyorlov tizimi maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni maktabga tayyorlaş maqsadida joriy qilingan. Bolalarning bepul ravişda kuniga 3-4 soat atrofida taʼlim-tarbiya jarayoniga jalb etilişi boğçaga bormaydigan bolalar va ularning ota-onalari uçun yaxşi imkoniyat. Zero tayyorlov guruhlaridagi maşğulotlarda qatnaşgan bola maktabga çiqqanda köp jihatdan tasavvuri kengaygani hisobiga taʼlim jarayoniga tez moslaşadi.
Soliya Bobojonova, tuman MTB davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari
faoliyatini hamda öqitişning muqobil şakllarini taşkil etiş şöʼbasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶