4-SEKTOR HUDUDIDAGI NAMUNA MAHALLASI AHOLISI ÇUQURLAŞTIRILGAN TIBBIY KÖRIKDAN ÖTKAZILDI
Keyingi yillarida yurtimizda xalqimiz salomatligini mustahkamlaş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasini yuksaltiriş, ayniqsa, onalar va bolalar, ijtimoiy kömakka muhtoj fuqarolar soğliğini muhofaza qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo tumanida ham olis va çekka hudud bölgan Namuna mahallasi aholisi uçun Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari va tor doiradagi mutaxassislari, 6-sonli oilaviy poliklinika şifokorlari bilan hamkorlikda "Inson qadri uçun" aktsiyasi ostida çuqurlaştirilgan tibbiy körik taşkil etildi.
3-iyun kuni hudud böyiça sektor rahbari taşabbusi bilan Prezidentimizning 2020-yil 12-noyabrdagi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida ötkazilgan mazkur tibbiy körik yurtimizda aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirişga qaratilayotgan eʼtiborning bir namunasi böldi. Tibbiy körikda terapevt, pediatr, kardiolog, onkolog, ginekolog, otoloringolog, oftalmolog, endokrinolog, stomatolog, nevropatolog mutaxassislar iştirok etdilar. Şuningdek, körik davomida, dispanser hisobida turgan bemorlar, nogironlar, xotin-qizlar va bolalar salomatligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Şu kuni mahallaning 350 nafar aholisi UZI, 328 nafari flyurografiya, 140 nafari EKG, 392 nafari klinik laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazildi. Ahamiyatlisi, şifokorlar qabuliga keliş imkoni bölmagan, xatlov natijasiga köra 4-guruhga mansub 4 nafar bemorlardan ham xonadonlariga borilgan holda xabar olindi va uy şaroitida tibbiy körikdan ötkazildi. Şifokorlar tibbiy körik natijalariga köra aniqlangan kasalliklarga köra ambulator va statsionar davo çoralari böyiça kerakli tavsiyalar berişdi.
Aniqlangan bemorlarning beş nafariga Birlaşmaning jarrohlik bölimiga, ikki nafar kardiologiya bölimiga, tuğiş yoşidagi ayollardan 3 nafariga ginekologiya bölimida davolaniş uçun yöllanmalar berildi. Onkologik kasallik xavfi bölgan bir nafar bemorga mutaxassis şifokor tomonidan davo muolajalari belgilandi. Qandli diabet kasalligi aniklangan yana bir bemor endokrinolog şifokor tomonidan tavsiyalar berildi. Yurak qon-tomir kasalligi bölgan 38 nafar, teri-tanosil kasalliklari bölgan 12 nafar, lor kasalliklari bölgan 14 nafar bemorlarga ambulator davo çoralari buyurildi. Miopiyasi bölgan 12 nafar bemorga mos dioptriydagi közoynaklar tavsiya qilindi.
Şuningdek, 202 nafar 3-guruhga mansub “D” nazoratda turgan bemorlarga ambulator davolar berilib, oilaviy poliklinka hisobidan dori-darmonlar bilan taminlandi. Yetmiş yoşdan oşgan 24 ta nuroniylarga “Kaltsiy D-3” tabletkasi 4-guruhga kiritilgan Rajab Xolmenovga nogironlik aravaçasi beriş rejalaştirildi. Jombul Tajiboyevga esa nogironlik nafaqasi tayinlaş uçun kerakli hujjatlarni şakllantiriş boşlab yuborildi.
Tibbiy körik natijasida jami 202 nafar bemorga ambulator muolaja va 11 nafar bemorga statsionarga yöllanma berildi.
Tadbirda aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, fuqarolarning tibbiy bilim va madaniyatini oşiriş, kasalliklarni ilk davrida aniqlaş va davolaş çoralarini körişga kabilarga ham eʼtibor qaratildi.
Tibbiy körik ötkaziş bilan birga, hozirgi vaqtda keng tarqalgan yuqumli kasalliklar, öpka, diabet, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oliş, profilaktika qiliş va davolaş usullari, soğlom turmuş tarzi va faol jismoniy harakatning ahamiyati tuşuntirildi. Tibbiyot birlaşmasining salomatlik bölimi şifokorlari tomonidan şaxsiy gigiyenaga rioya qiliş va soğlom turmuş tarzi, jismoniy faollik, töğri ovqatlaniş tamoyillari töğrisida maʼruzalar qilindi hamda mavzuga oid bukletlar tarqatildi.
Namuna mahallasi aholisi çekka hududlar aholisining salomatligini muhofaza qilişga yaqindan yordam beriş maqsadida şu yerning özida tibbiy körik taşkil etilgani, özlariga qaratilgan bunday eʼtibor va ğamxörlikdan nihoyatda mamnun böldilar. Bu kabi sayyor tibbiy köriklar aholiga katta qulaylik yaratiş bilan birga, şifokorlarning özaro tajriba almaşişlari, davolaşdagi ilğor iş uslublarini örganişlariga, kasbiy bilim va malakalarini oşirişga yaqindan yordam beradi.
J.Yavkaşev, tuman TTB şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶