TAʼLIM RUS TILIDA BERILADIGAN SINFLARDA YaNGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR SAMARALI NATIJA BERADI
Har bir öqituvçi yangi pedagogik texnologiyalar, axborot kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanişni biliş kerak. Çunki ayni davrda bu dars maşğulotlarining samarasini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Men ham köp yillardan beri rus tilida taʼlim beriladigan boşlanğiç sinflarda maşğulotlar ötib kelmoqdaman. Dars jarayonlarida yangi texnologiyalarni qöllaş uçun öqituvçi eng avvalo özi zamonaviy bilimlarni egallaşi kerak. Hozirgi paytdagi zamonaviy taʼlim jarayonining mohiyatini tölaqonli anglab yetgan holda men köproq öz ustimda işlab, tuşunçalarimni kengaytirib borişga harakat qilaman.
Öquv jarayoniga interfaol multimediya, elektron öqitiş va har xil öyinli maşğulotlarni joriy etib, öquvçilarning özlaştiriş darajasini oşirişga intilaman. Çunki multimediyali dasturlar, bilimlarni turli elektron tasvirlar orqali tuşuntirib boriş taʼlim samarasini oşirişda muhim örin tutadi.
Ötayotgan 2021-2022 öquv yili davomida men rus tilida taʼlim bergan 1-sinf öquvçilari bilan birgalikda rus alifbosidagi harflarni özlaştirib bölganlaridan söng, savodxonlik bayrami ötkazildi. Yangi yil va boşqa bayram tadbirlarida ham öquvçilar kötarinki ruhda iştirok etişdi va özlarining barça bilimlarni samarali özlaştirişayotganini namoyon etişdi. Nafaqat bayram tadbirlari, balki fanlar böyiça özaro bellaşuvlar, zakovat tadbirlari ötkazilganida ham alifbodagi harflarni, rus şoirlari şeʼrlarini biyron va burro aytib, mantiqiy savollarga ham tezda javob topişni uddalaşdi.
Men, albatta, bu samarani dars maşğulotlariga yangi pedagogik texnologiyalar, axborot kommunikatsiya vositalarini qöllaş natijasi deb bilaman va boşqa hamkasblarimga ham uşbu vositalardan foydalangan holda darslarni taşkil etişlarini tavsiya qilaman.
Dilbar Abdukarimova, 30-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶