TOʻGARAK MAShGʻULOTLARI OʻQUVChI BILIMLARINI TOʻLDIRIShDA MUHIM AHAMIYaTGA EGA
Maktablarda oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli fanlardan toʻgaraklar tashkil etilgan.
Bizning 30-sonli maktabimizda ham toʻgaraklarlar tashkil etilgan boʻlib, mashgʻulotlarda tegishli oʻquv dasturi asosida oʻquvchilarning bilimlari mustahkamlab boriladi. Men dars berayotgan boshlangʻich sinfda ham toʻgarak mashgʻulotlari davomida oʻquvchilarga hayvonot dunyosi, tabiatdagi oʻsimliklar tanishtirib, ularga nisbatan mehrli boʻlishga, asrab-avaylashga oʻrgatildi. Toʻgarakdagi mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar bilan yakkama-yakka suhbatlashilib, ularga bilim berishda induvidial yondashildi. Tayyor koʻrgazmalar asosida har bir oʻrgatilgan bilimning oson oʻzlashtirilishi taʼminlandi. Oʻquvchilarning amaliy tarzda bajarishlariga koʻmaklashilib, xatolari toʻgʻirlanib borildi.
Mashgʻulotlardagi mantiqiy oʻyinlar, rangli qogʻozlardan buyumlar, mevalar, shakllar yasash orqali oʻquvchilardagi aqliy faoliyat rivojlantirishga erishildi. Shuningdek, ham ularning nomlarini, ham yasalishini oʻrganib oldilar.
Koʻp yillik pedagog sifatida aytishim mumkinki, toʻgaraklar oʻquvchidagi bilimlarni toʻldirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda taʼlimdagi samaradorlikni oshirish fanlarning puxta oʻrgatilishiga, pedagogning mahoratiga va bilim berishda turli usullar va vositalardan foydalanishiga bogʻliq. Shunday ekan toʻgarak mashgʻulotlari ham taʼlim sifatini oshirishda alohida oʻrin tutadi.
Dilbar Abdukarimova,
30-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶