Tuman hokimligida Konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama qilindi
Maʼlumki, ayni kunlarda mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni qizğin pallaga kirdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengaşlarining Qöşma qarori bilan tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiyaga ötgan bir oy davomida kelib tuşgan 60 mingdan ortiq takliflar asosida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan, şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi tomonidan tayyorlangan Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritişga doir konstitutsiyaviy qonunlar loyihalari joriy yil 24-iyun kuni Qonunçilik palatasi tomonidan körib çiqildi. Qonun loyihasi 25-iyun kuni umumxalq muhokamasiga qöyildi.
Mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kuni Amudaryo tumani hokimligida ötkazilgan yiğilişda muhokama qilindi. Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev oçdi va olib bordi. Unda tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari va mutaxassislari iştirok etdi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida batafsil maʼlumot berdi.
Taʼkidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Boş qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq özgartirişlar kiritişni nazarda tutadi. Bundan taşqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.
Ularning aksariyati mazmun-mohiyatiga köra, “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi Özbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlaşga, xalqparvar davlat barpo etişga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuçaytirişga, yoşlarning huquq va manfaatlarini töla taʼminlaşga qaratilgan.
Yiğilişda maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili qoidalariga rioya etilişini taʼminlaş masalalari böyiça tuman hokimining maslahatçisi Aşirboy Qöşayev iştirokçilarni Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi böyiça taqdimot bilan taniştirdi.
Qayd etilganidek, Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilişi taklif qilinayotgan özgartişlar sifatli va malakali tibbiy xizmatni taşkil etiş, taʼlimni rivojlantiriş, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlaş, fuqarolik jamiyati institutlarining maqomini va ekologik muhofaza kabi masalalarni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qöyiş bilan boğliq.
Şu bilan birga, qonun loyihasi davlat hokimiyati va boşqaruvi tizimini takomillaştiriş, jumladan, parlament vakolatlarini kengaytiriş, Prezidentlik institutini takomillaştiriş, joylardagi vakillik va ijro hokimiyati organlarini ajratiş, Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jihatdan rivojlantirişning konstitutsiyaviy asoslarini yanada mustahkamlaş masalalarini ham öz içiga olgan.
Taʼkidlaş lozimki, “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uçun “Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida hamda Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida eʼlon qilindi. Umumxalq muhokamasi 2022-yilning 5-iyuligaça davom etadi.
Şu örinda yurtdoşlarimizdan qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalar hamda takliflar yöllab, faollik körsatişlarini sörab qolamiz.
Sababi, ötkazilgan umumxalq muhokamasi natijasi umumlaştirilib, qonun loyihasi yanada takomillaştiriladi. Uning natijalariga köra “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi Özbekiston Respublikasi referendumiga qöyiladi.
Fursatdan foydalanib, yurtimizda yaşovçi barça nuroniylar va yoşlarimizni, turli millat vakillari bölmiş vatandoşlarimizni, öqituvçilar, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini, umuman, jonajon Özbekistonimiz taqdiriga befarq bölmagan barça yurtdoşlarimizni umumxalq muhokamasida faol iştirok etişga çorlab qolamiz.
Yurt kelajagi va Vatanimiz taqdiri Siz va bizning mazkur jarayondagi faol iştirokimizga boğliq ekanini, uşbu özgartiş va qöşimçalar kelgusi taraqqiyotimiz uçun muhim ahamiyat kasb etişini unutmang!
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶