Kasb-hunar maktabi bitiruvçisi yangi hayot ostonasida
Amudaryo tumanida yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlik qobiliyatlarini röyobga çiqariş, kasbga öqitiş, hunar egallaşi hamda öz ustida işlab, malakalarini oşirişlari uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan.
Bu borada örta maxsus professional taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar ösib kelayotgan yoş avlodda intellektual qobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirişda alohida ahamiyat kasb etadi.
Qiliçboy ovulida yaşovçi Muhabbat Yöldoşeva joriy öquv yilida Amudaryo tumani 2-sonli kasb-hunar maktabini tikuvçilik yönalişi böyiça tugatdi.
Uşbu taʼlim muassasasining asosiy maqsadlaridan biri− yoşlarni tadbirkorlikka yönaltiriş bölib, bu borada erişilayotgan yutuqlar alohida eʼtirofga sazovor.
Ayrim öquvçilar özining tanlagan kasbi böyiça ustozlaridan taʼlim olib, öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişgan. Ularga maktabning malakali ustozlari tomonidan doimiy ravişda yöl-yöriq körsatilib, tavsiyalar berib kelinmoqda.
Muhabbat ham hozirgi kunda kasb-hunar maktabida egallagan bilim hamda könikmalari asosida oliy taʼlim muassasasiga dizaynerlik yönalişi böyiça hujjat topşirişni niyat qilgan.
Muhabbat tikuvçilikning sir-asrorlarini, avvalo, onasi Nargiza Saparboyevadan örgangan bölsa, kasb-hunar maktabida ustozlari − Gulçehra Sultonova hamda Şarofat Fayzullayeva unga bor bilimlarini berib, mohir tikuvçi bölib yetişişiga katta hissa qöşdilar.
Özining intiluvçanligi, qolaversa, ustozlari yordami bilan Muhabbat imtiyozli kredit asosida öziga yangi tikiş maşinasi sotib oldi hamda onasi bilan birgalikda tikuv-çevarlik tsexini oçib, öz faoliyatini boşladi.
Bugungi kunda u hamqişloqlariga gözal liboslar tikib beriş barobarida yuqori daromad manbaiga ega bölib, 2 nafar hamqişloğining ham bandligini taʼminlaşga erişdi.
Muhabbatning özi istagan oliy taʼlim muassasasiga öqişga kirişiga omad hamda tadbirkorlik faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!
F.Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶