28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:16
Fan va taʼlim 👁 438

“Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida yarmarkalar oʻtkazilmoqda

“Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida yarmarkalar oʻtkazilmoqda

Amudaryo tumanining Qilichboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida ovul faollari, hududdagi maktab oʻqituvchilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida “Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida yarmarka oʻtkazildi. Unda yagona maktab formasining afzalliklari, ota-onalar uchun ham, maktab oʻquvchilari uchun ham birday qulay va hamyonbop xarid boʻlishi haqida soʻz yuritildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli Qaroriga muvofiq mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun yagona maktab formasini joriy etish va uni amalga oshirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi. Mazkur Qaror ijrosini taʼminlash koronavirus pandemiyasi tufayli maʼlum muddatga kechiktirilib, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari gibrid shakldagi maktab formalaridan foydalanib kelishayotgan edi.

Ayni kunlarda joriy 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi Qarori rahbarlikka olinib, barcha maktablarning oʻquvchilari “Yagona maktab formasi” bilan qamrab olinishi uchun rejali saʼy-harakatlar boshlab yuborildi.

Qilichboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabi hududdagi namunali oʻquv maskanlaridan biri sanaladi. 2021-2022 oʻquv yilida mazkur ilm dargohini 50 nafar yosh bitirib, ularning deyarli barchasi oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishdi.

Ayni paytda maktabda 798 nafar oʻquvchi tahsil olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 2022-2023 oʻquv yilidan yagona maktab formasiga oʻtish boʻyicha maktab maʼmuriyati, oʻqituvchilar va ota-onalar ishtirokida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilib, barcha oʻquvchilarning yagona maktab formasi bilan toʻliq taʼminlanishiga zarur imkoniyat yaratish maqsadida “Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida tashkil etilgan yarmarkada “Tamara testil” xususiy korxonasi mahsulotlari namoyish etildi.

Yarmarkani maktab direkori J.Ortiqov ochdi va barcha ishtirokchilarga joriy etilayotgan yagona maktab formasining afzalliklari, beriladigan buyurtmalarning “Tamara tekstil” xususiy korxonasi chevarlari tomonidan tez va sifatli, hamyonbop narxlarda tayyorlab berilishi xususida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov ijtimoiy himoyaga muhtoj, kamxarj oilalarning farzandlariga maktab formasi xarid qilishda fuqarolar yigʻini tomonidan koʻmak berilishini, albatta, har bir oila farzandining oddiy va ixcham kiyinishiga eʼtibor berishi zarurligini taʼkidladi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar yangi 2022-2023 oʻquv yilidan amaliyotga joriy etilayotgan yagona maktab formasi oʻquvchilarning dars paytida diqqatini jamlash, darsga masʼuliyat va qunt bilan yondashish imkoniyatini oshirishi haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

Yarmarka davomida ota-onalar “Tamara tekstil” xususiy korxonasi chevarlari tomonidan tayyorlangan ixcham va bejirim maktab formalarini farzandlari uchun xarid qildilar.

Shuningdek, Amudaryo tumanidagi 6-sonli maktabda ham “Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida yarmarka tashkil etildi. Unda 6-sonli maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilarning ota-onalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Yarmarkada “Tamara tekstil” xususiy korxonasi chevarlari tomonidan tayyorlangan zamon talablariga mos rusumdagi maktab formalari namoyish etildi.

Ota-onalar farzandlari uchun mos bichimdagi maktab formalarini xarid qilishdi. Shuningdek, shu yerning oʻzida “Tamara tekstil” xususiy korxonasi dizayner va chevarlari ota-onalardan yangi buyurtmalar ham qabul qilib oldilar.

Aytish kerakki, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining nechogʻlik madaniyatliligi uning yurish-turishi, egnidagi libosiga koʻp jihatdan bogʻliq. Chunki toʻgʻri tanlangan libos oʻquvchining nafaqat jismoniy yetukligi, balki xulq-atvori, hatto ilm egallash darajasi haqida ham xulosa chiqarish imkonini beradi. Qolaversa, ixcham, sodda va oddiy, barcha ijtimoiy qatlamlarga ham mos keladigan maktab formasi ota-onalar uchun ham, oilalar iqtisodi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

 “Yagona maktab formasi – amalda” yarmarkasi Amudaryo tumanining barcha hududlarida oʻtkazilmoqda. Olis qishloqlardagi ota-onalar uchun qulay va imtiyozli narxlarda xaridni amalga oshirish imkoniyatini yaratish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur tadbirdan, albatta, ota-onalar mamnun boʻlishmoqda.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026