28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:31
Qishloq xoʻjaligi 👁 359

Tuman irrigatsiya boʻlimi jami 39 ming 463 gektar sugʻoriladigan yer maydonlarini suv bilan taʼminlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda

Tuman irrigatsiya boʻlimi jami 39 ming 463 gektar sugʻoriladigan yer maydonlarini suv bilan taʼminlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda

Dalalarni, ekin maydonlarini sugʻorish uchun oqar suv yetkazib berishda, fermer xoʻjaliklarini suv bilan taʼminlashda tuman Irrigatsiya boʻlimining xizmatlari katta.

Oʻzbekison Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2018-yil 11-iyuldagi 23-sonli buyrugʻi bilan Mangʻit-Nazarxan irrigatsiya tizimi boshqarmasi negizida Amudaryo tumani irrigatsiya boʻlimi qayta tashkil etildi.

Bugungi kunda tumandagi suv isteʼmolchilari Gurlan, Qilichboy, Qipchoq-Bosuv tarmoqlari va daryoda joylashgan nasos stantsiyalari orqali suv bilan taʼminlanmoqda. Shuningdek, irrigatsiya boʻlimlari tarkibida suv xoʻjaligining maxsus xizmati tashkil etilgani Tuman irrigatsiya boʻlimi uchun koʻplab qulaylik va yengilliklar yaratdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, suv xoʻjaligining maxsus xizmatida ishlovchilar miroblardir. Agarda hududda 10 ta fermer boʻlsa, ularga 1 nafar mirob tayinlanadi. U suvning hisobini yuritish uchun har bir fermerga alohida jurnal qoʻyib, fermerlar bilan imzolashgan holda har kunlik olgan suvning hisobini yuritib boradi.

Buning uchun fermer suv olish quloqlarini suv oʻlchash imkonini beruvchi jihozlar bilan taʼminlashi kerak va undagi koʻrsatkich boʻyicha ertalab va kechqurun 2 marotaba suvning miqdori yozib boriladi. Ushbu jurnalda agarda, navbatlab sugʻorish tashkil etilib, nechadir kun ushbu fermerga suv berilmasa, ular ham qayd etilib boriladi. Oyning oxirida esa dalolatnoma tuziladi.

Shu tariqa olingan suv hisobi yuritib boriladi va yakunda ushbu hujjatlar asosida soliq idorasiga hisobot kiritilib, suv isteʼmolchisi olgan suvi boʻyicha soliqqa tortiladi.

Darhaqiqat, suv isteʼmolchisi umumiy meʼyor boʻyicha emas, amalda olgan suvigagina soliq toʻlashi mexanizmi yaratilishi fermerlar uchun ham manfaatli, boʻldi.

Suv bilan taʼminlash, suvdan foydalanishni nazorat qilish Amudaryoning chap qirgʻogʻida Shixjamol, Qilichboy, Tosh yop, Mangʻit, Qipchoq boʻlimlari, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida Nazarxon boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.

 Boʻlim hisobida 296,6 km uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallar, 122 ta gidrotexnik inshoot, 135 ta gidropost, 153 ta suv chiqarish nuqtalari, 5 ta ekskavator, 3 ta buldozer, 6 ta yer qazish kemasi mavjud.

Bugungi kunda boʻlimda 135 nafar ishchi xodimlar kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilib, tumanning olis hududlarini ham oqar suv bilan muntazam taʼminlashga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.

Aytish kerakki, Amudaryo tumanida ichki xoʻjalik kanallari uzunligi 1 ming 342 km boʻlib, ularda 681 ta gidrotexnik inshoot, 510 ta gidropost, fermerlarning 1 ming 95 ta bosh suv olish quloqlari mavjud.

Amudaryo tumanining jami 39 ming 463 gektar sugʻoriladigan yer maydonlarini suv bilan taʼminlash borasida tizimli ishlarni tashkil qilib kelayotgan Amudaryo tumani irrigatsiya boʻlimi xodimlari faoliyatiga rivoj tilaymiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026