Nazarxon ovulida sayyor tibbiy qabul oʻtkazildi
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad – fuqarolar baxt-saodati, emin-erkin va farovon yashashini taʼminlashga qaratilgandir. Buni sogʻliqni saqlash tizimida ham yaqqol koʻrishimiz mumkin.
Yaqinda tumanimizning olis hududi – Nazarxon ovulida tuman Tibbiyot birlashmasi bosh mutaxassislari sayyor tibbiy qabul oʻtkazishdi.
Sayyor tibbiy qabulda UZD, EKG tekshiruvlari, klinik laboratoriya tashkil etildi. Birlashma maʼmuriyati vakillari, kardiolog, endokrinolog, nevrolog, okulist, ginekolog, travmatolog, xirurg kabi tor doira mutaxassislari 454 nafar aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar, 5 nafar bemorlar yashash xonadonlariga borib, tekshiruvdan oʻtkazildi va dori-darmon bilan taʼminlandi.
Koʻrik natijasida 76 nafar shaxsda turli kasalliklar aniqlanib, 13 nafariga stantsionar davolanishga tavsiya berildi, qolganlariga ambulator sharoitda davolanishga muolajalar buyurildi.
Tadbir davomida aholiga sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom ovqatlanish targʻib etildi, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Gulnoza Norimmatova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶