Amudaryo tumanidagi taʼlim maskanlarida yangi öquv yiliga tayyorgarlik qizğin davom etmoqda
Amudaryo tumanidagi Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya oluvçi 38 mingga yaqin öquvçilar yozgi taʼtil tugaşi bilanoq, jonajon maktabi, ustozlari bağriga şoşadilar. Bugungi kunda tumandagi barça umumtaʼlim muassasalarida yangi 2022-2023 öquv yiliga tayyorgarlik köriş jarayonlari qizğin surʼatlarda olib borilmoqda.
Bu boradagi işlarni yanada jadallaştiriş va yangi öquv yilini munosib tayyorgarlik bilan kutib oliş maqsadida 1-avgust kuni Oq oltin ovuli hududida joylaşgan 50- sonli hamda 7-sonli umumtaʼlim maktablarida körgazmali seminar bölib ötdi.
Yangi öquv yiliga tayyorgarlik köriş, maktablarning texnik baʼzasini yaxşilaş, pedagog kadrlarning salohiyatini oşiriş masalalariga bağişlangan körgazmali seminarda tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismailov, bölim masʼullari hamda tumandagi 85 ta maktab direktorlari iştirok etişdi.
Seminarda maktablarga kiriş yölaklarini tartibga keltiriş, maktab binosi atroflarini begona öt-ölanlardan tozalab obodonlaştiriş, daraxtlarni oqlaş, daraxt va gullarga şakl beriş, sport maydonçalarini tartibga keltiriş, maktablarning içki tozaligi taʼminlaş, futbol, voleybol, basketbol maydonçalaridagi ustunlarni böyaş, qozon va qozonxonalarni tartibga keltiriş, taʼmirtalab parta, doska, şkaf umuman sinfxonalarni taʼmirlaş, stullarni öquvçining yoşiga mos ravişda joylaştiriş, koridor, sinf va laboratoriya xonalariga şiorlar, bannerlarni did va tartib bilan osiş kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Yangi öquv yiliga tayyorgarlik işlari 50- va 7- sonli umumtaʼlim maktablari bilan bir qatorda tumanning barça olis hududlarida joylaşgan umutaʼlim maktablarda ham jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Jumladan, Nazarxan ovuli hududidagi 3-sonli maktab rekonstruktsiya qilinib, joriy taʼmirlaş işlari yakunlaniş arafasida. Şuningdek, 69-, 26-, 61, 51-, 46-, 78-, 18- sonli maktablarda ham quriliş-taʼmirlaş işlari jadal olib borilmoqda.
Undan taşqari, Kuyuk köpir ovuli hududida joylaşgan 14-sonli umumtaʼlim maktabiga 180-örinli, Toş yop ovuli hududida joylaşgan 76-sonli maktabga 360-örinli, Oybek mahallasi hududida joylaşgan 55-sonli maktabga 330-örinli qöşimça binolar qörilmoqda. Quruvçilar joriy quriliş-taʼmirlaş işlarini yangi öquv yili boşlaniş arafasida tugatib, öquvçilar uçun yangi sinfxonalarni tantanali razda topşirişni niyat qilişgan.
Şu örinda aytiş kerakki, öquvçilarning yaxşi bilim va tarbiya olişi maktabdagi soğlom muhit va yaratilgan şart-şaroitlarga ham bevosita boğliq.
Keng va yoruğ sinfxonalarda malakali ustozlar tomonidan berilgan bilimni qunt bilan özlaştirgan öquvçilar işonamizki, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan barkamol avlod bölib voyaga yetişadi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶