Nazarxon ovuli yoşlari bilan tuman hokimining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi
Bugungi kunda mamlakatimizda yoş avlodning sifatli taʼlim olişi, sport va boşqa yönalişlarda isteʼdodini namoyon etişi, jamiyatda munosib örnini topişi uçun ğamxörlik tobora kuçaytirilmoqda. Çunki farovon hayot – mukammal tarbiyadan boşlanadi.
Şu boisdan yoşlarni barkamol qilib tarbiyalaş, ularning hayotga mustaqil qadam qöyişlari uçun barça şaroitlarni yaratiş, yoşlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş doimo davlatimizning ustuvor maqsad-vazifalaridan bölib kelmoqda.
Amudaryo tumanida ham bu borada köpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 4-avgust kuni Nazarxon ovul fuqarolar yiğini binosida yoşlar bandligini taʼminlaş, muammo va takliflarini örganiş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda munosib şart-şaroitlar yaratib beriş maqsadida “Hokim va yoşlar” uçraşuvi ötkazilgani ham bu boradagi navbatdagi qadamdir.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailov, tegişli taşkilotlar mutasaddilari hamda 30 nafarga yaqin faol yoşlar iştirok etişdi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev uçraşuvda dastlab mamlakatimizda yoşlarning yuksak marralarni egallaşlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, çeksiz imkoniyatlar haqida töxtalib, yoşlarni öqib, bilim olişga, şijoat bilan olğa intilişga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand bölişga daʼvat qildi.
Undan taşqari, “Erişgan yutuqlarimiz özimizniki, biz xato va kamçiliklarni örganib, ularni bartaraf qilişga harakat qilmoğimiz kerak!” degan fikrni hayotiy şior qilib oliş kerakligini taʼkidladi.
Tuman hokimi katta yutuqlarni qölga kiritib, tengdoşlariga namuna bölib kelayotgan, bilimga çanqoq, izlanuvçan tumanimiz yoşlari haqida ham özining samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uçraşuvda yoşlarning taklif va istaklarini örganiş, muammolarini hal etişga kömaklaşiş yuzasidan belgilangan çora-tadbirlar, uyuşmagan yoşlarni kasb-hunarga örgatiş va iş bilan taʼminlaş, yoşlarni madaniyat, sanʼat, kitobxonlik, axborot texnologiyalari tögaraklari hamda sport va harbiy-vatanparvarlik yönalişidagi tadbirlarga jalb etiş borasida amalga oşirilayotgan tadbirlar töğrisida batafsil maʼlumot berildi.
Şuningdek, yoşlar taʼlim-tarbiyasi uçun qöşimça şaroitlar yaratiş, işsiz yoşlarning bandligini taʼminlaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni amaliyotga joriy etiş masalalariga ham töxtalib ötildi.
Şundan söng tuman hokimi bilan oçiq va samimiy suhbat boşlandi. Yoşlar asosan özlarining savollari, takliflar hamda muammolari bilan tuman hokimiga murojaat qilişdi.
Uçraşuv davomida tuman hokimiga yoşlardan 5 nafari bandlikni taʼminlaş, tadbirkorlik bilan şuğullanişda kömak beriş, kasb-hunarga öqitiş va boşqa özlarini qiynayotgan muammolarni hal etişda kömak sörab, murojaat qildi. Uşbu murojaatlarning 2 tasi şu yerning özida hal etilgan bölsa, qolgan 3 tasini hal etiş yuzasidan mutasaddilarga topşiriq va körsatmalar berdi.
Uçraşuv yakunida yoşlar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga batafsil javoblar berilib, amaliy va ijobiy natijalar körilişi böyiça çora-tadbirlar belgilandi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶