28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:32
Siyosat 👁 408

1-sektor hududida “Ogohlik−davr talabi” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi

1-sektor hududida “Ogohlik−davr talabi” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi

12-avgust kuni Amudaryo tumani Daryoboʻyi mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda tuman hokimi, 1-sektor rahbari − Sultonboy Yoʻldashev, Davlat xafvsizlik xizmati Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Sanjar Nazarov, hokim oʻrinbosari Goʻzal Saburova hamda 1-sektor hududidagi 12 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev shu yilning 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida boʻlib oʻtgan ommaviy tartibsizliklarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqida oʻz fikr- mulohazalarini bildirib, mahallalar kesimida yoshlar, ayol-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish zarurligini taʼkidladi.

Shuningdek, yigʻilishda soʻzga chiqqanlar jahon miqyosida inson ongi va qalbi uchun kurash shiddat bilan davom etayotganligini, terrorizm va diniy aqidaparastlik oqimi har qanday davlatning rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatishini aytib oʻtishdi.

Qolaversa, yoshlarning axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlarlarga koʻr-koʻrona ishonib ketmasliklari va buning uchun albatta, mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari targʻibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirishlari zarurligi, ayniqsa, yoshlar yetakchilari yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishlarida yaqindan koʻmak berishi lozimligi aytib oʻtildi.

Davlat xafvsizlik xizmati Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Sanjar Nazarov har bir yosh eʼtibor markazida boʻlsa huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldi olinishi hamda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik oliy neʼmat ekani, har bir millatning maʼnaviyatini uning tarixi, urf-odatlari, anʼanalari, barhayot qadriyatlari tashkil etishini yoshlarimiz ong shuuriga singdirish lozimligini aytib oʻtdi.

Shuningdek, yot unsurlarning turli vaʼdalariga ishonib aldanib qolmasdan, balki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga oʻz xissasini qoʻshish, halol mahnat qilishga odatlanish, kelgusida malakali mutaxassis boʻlib yetishishga harakat qilish bugungi yoshlarning asosiy vazifalaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Darhaqiqat, bugungi globallashuv va taraqqiyot asri har kimdan kuchli bilim va tafakkur egasi boʻlishni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli va maqsadli foydalanishni, sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarga mustahkam insoniylik pozitsiyasi bilan yondashishni talab etadi.

Yoshlarni diniy ekstremizm va terorizm, “ommaviy madaniyat” hamda maʼnaviy tahdidlar kabi salbiy illatlar va ularning zararli oqibatlaridan asrash har bir fuqaroning burchidir.

Yigʻilish yakunida tuman hokimi tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash borasida ahamiyat qaratilishi lozim boʻlgan tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026