SOĞLOM TURMUŞ TARZI ALIFBOSI
Uzoq umr körişning garovi soğlom turmuş tarzi ekanligi bugun barçaga ayon haqiqat. Zero, har birimiz, eng avvalo, öz soğliğimizni öylaşimiz darkor. Ana şunda xotirjam va farovon hayot keçirgan, köplab asoratli xastaliklarning oldini olgan bölamiz.
Soğlom turmuş tarzi özi nima? Soğlom turmuş tarzi – bu insonning hayoti salomatligi xavfsizligini taʼminlaşga xizmat qiluvçi könikmalarga ega böliş asosida hayot faoliyatini yölga qöyişdan iborat. Bu şunday yaşaş tarziki, unda odamlar salomatligiga taʼsir körsatuvçi zararli omillar bölmasligi kerak. Olimlarning fikriça, soğlom turmuş tarzi olti asosiy muhim şartga amal qilişga asoslanadi.
Ulardan birinçisi, töğri ovqatlaniş bölib, kundalik isteʼmol qilinadigan oziq-ovqatlarni organizmning fiziologik, biologik talablari asosida tanlaş va isteʼmol qilişdir.
Töğri ovqatlaniş şun-day taşkil etilişi kerakki, u özining fizik, kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan inson tanasiga oğirlik qilmasdan, aksinça, tez va oson hazm bölib, organizmni kerakli ozuqaviy moddalar bilan taʼminlasin.
Doimo harakatda böliş ham muhim şartlardan biri. Kişi kundalik hayotda jismoniy maşqlar, sport öyinlari, badanni çiniqtiruvçi muolajalar bilan köproq şuğullansa, organizmdagi fiziologik, biologik jarayonlar faollaşadi. Natijada, kayfiyat kötarilib, işçanlik qobiliyati ortadi. Şubhasiz, bu salomatlikni mustahkamlaşda muhim ahamiyatga egadir.
Uçinçi şart – kun tartibi va işni biologik rejim asosida taşkil qiliş. Koinotda tabiiy hodisalar maʼlum bir tartib asosida takrorlanadi. Xususan, quyoşning har kun maʼlum vaqtda çiqişi va botişi, yil fasllarining har yili takrorlanişi tabiatdagi barça harakatlar maʼlum bir tartibga böysunişidan dalolatdir. Va inson ham bundan mustasno emas.
Törtinçi şart – ruhiy osoyiştalikni taʼminlaş. Maʼlumki, bizning tanamiz, içki aʼzolar faoliyati asab tizimiga bevosita daxldor. Ularning meʼyoriy faoliyati ruhiy holatimiz, kayfiyatimizni belgilaydi. Şu maʼnoda huda-behudaga jizzakilik qilmay, yaxşi narsalar haqida öylab, oqilona fikrlaş, yomonliklardan tiyiliş, nafsga erk bermaslik, xuşfeʼl, xuş-muomala böliş kabilar soğliqni saqlaş va mustahkamlaşning garovidir.
Beşinçi şart – içkilikbozlik, kaşandalik, giyohvandlik singari zararli odatlardan tiyiliş hisoblanadi.
Oltinçi şart - ozodalik, orastalikka rioya qilişdir. Bu talablarni turmuşimizga kiritgandan söng, soğlom turmuş tarzining har bir yönalişini takomillaştirişga harakat qilib borişimiz ham kerak. Buning uçun oilada soğlom turmuş tarzi va sihat-salomatlikni saqlaş, jismonan barkamollikka erişiş töğrisidagi qöllanmalarni öqiş, teledasturlardagi salomatlik va jismoniy barkamollik mavzusidagi körsatuvlarni muntazam köriş, şu sohaga aloqador bilimlar doirasini kengaytiriş va tibbiy savodxonlikni oşirib boriş lozim böladi. Soğlom turmuş tarziga kamida 2-3 oyda könikmalar şaklla-nib, 5-6 oyda ular mustahkamlanadi, 1-yildan keyin esa bunday turmuş tarzi har bir odam uçun kundalik odatga aylanadi. Siz haqiqiy soğliq nima ekanligini ana öşanda tuşunasiz.
J.Yavkaşev, tuman Tibbiyot birlaşmasi ASTTKK va JFO bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶