28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:32
Qishloq xoʻjaligi 👁 431

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov Amudaryo tumanida boʻldi

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov Amudaryo tumanida boʻldi

20-avgust kuni Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Hayitov, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi boshligʻi Husniddin Karimovlar Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamrohligida tumanning Doʻrman hamda Xolimbeg ovullaridagi fermer xoʻjaliklarida boʻldi.

Tashrif davomida dastlab mehmonlar Doʻrman ovulining fermer xoʻjaliklaridagi gʻoʻza maydonlarini koʻzdan kechirdi.

Koʻpni koʻrgan, tajribali dehqonlar yoz chillasidagi harorat gʻoʻza nihollarining rivojlanishida va moʻl hosil yetishtirishda muhim oʻrin tutishini yaxshi biladilar. Amudaryolik fermerlar ham gʻoʻza ekilgan 2 ming 200 gektar maydonlarda agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirib, vegetatsiya davridagi tadbirlarni optimal variantlarda va sifatli oʻtkazishga bor kuch va resursni sarf etmoqdalar.

Uchrashuv davomida Aktam Hayitov gʻoʻza parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurashish, oziqlantirish ishlarini yakunlash va ushbu maydonlarni sharbat usulida peshma-pesh sugʻorish hamda kultivatsiya qilish ishlarining tashkil etilishi boʻyicha takliflarini berib oʻtdi.

Shundan soʻng, Xolimbeg ovulida istiqomat qiluvchi aka-ukalar Tursunboy hamda Erkinboy Togʻayevlarning xonadonlariga tashrif buyurildi. Oʻzlarinig ixchamgina tomorqasidan unumli foydalanib, turli poliz ekinlarini yetishtirib katta daromad manbaiga ega boʻlayotgan aka-ukalar yetishtirgan mahsulotlarini bozor rastalariga chiqarib, aholini arzon hamda sifatli mahsulotlar bilan taʼminlashga hissa qoʻshmoqdalar.

Darhaqiqat, tomorqa — rizq-nasiba, moʻmay daromad manbai. Uning dasturxonimiz fayz-u barakasi, aholi turmush farovonligi, yurt obodligini taʼminlashdagi oʻrnining esa qiyosi yoʻq. Hamma gap undan nechogʻli oqilona foydalana olishda.

Tashrif davomida mehmonlar Xolimbeg ovulida istiqomat qiluvchi, oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali yoʻlga qoʻygan fuqarolarning dalalarida ham boʻldilar.

Ushbu fuqarolar hokim yordamchisi Akmalbek Xolmuratovning koʻmagi bilan e-auksion tizimi orqali 25 sotixdan ijaraga yer olishib, yer maydonlarida yetishtirilgan ekinlarni agrotexnika qoidalariga rioya qilgan holda parvarishlab, sifatli poliz mahsulotlarini yetishtirdi.

Ekinlarning dastlabki hosilidan 15 mln. soʻm atrofida sof daromad koʻrgan fuqarolar bugungi kunga kelib oʻz dalalariga takroriy ekinlar ekishgan.

Aktam Hayitov hamda Husniddin Karimovlar bir qarich yerdan ham unumli foydalanayotgan paxta dalalaridagi mirishkor dehqonlarimiz, tomorqasida oilasining yillik ehtiyojini qoplash bilan birga qoʻshimcha daromad topayotgan tumanimiz aholisining ishlariga omad tiladilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026