MAKTABLAR YaNGI ÖQUV YILIGA TAYYoR
Mana yozgi taʼtil kunlari yakunlanib, maktab boşlanişiga ham sanoqli kunlar qoldi. Öquvçilar yana özlarining jonajon maktabiga, ustozlari bağriga oşiqmoqdalar. Yangi öquv yilini har yildagidan-da, kötarinki kayfiyatda boşlaş uçun tumandagi barça maktablarda tayyorgarlik işlari qizğin olib borildi.
85 ta umumiy örta taʼlim maktablari 31095 öquvçi örniga möljallangan bölsa-da, ötgan yillar mobaynida ularda 37965 nafar öquvçilar taʼlim-tarbiya olib kelişayotgan edi. Bugungi kunga kelib uşbu muammo öz yeçimini topdi. 55-sonli maktab binosiga 330-örinli, 76-sonli maktab binosiga 360-örinli 18-, 14-, 36-sonli maktablar binolariga 180-örinli qöşimça binolarni quriş işlari yakunlaniş arafasida turibdi.
Şuningdek, 3-, 26-sonli maktablarda quriliş-taʼmirlaş işlari yakuniga yetkazilgan bölsa, 69-, 27-, 11- maktablarda jadal surʼatlarda davom etmoqda. Aytiş kerakki, yoş avlodning maʼnan barkamol, intellektual salohiyatga ega bölib voyaga yetişlarida oilada, maktabda berilgan taʼlim -tarbiya bilan birgalikda yaratilgan şaroitlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda, tumanda-gi 4-, 15-, 19-, 46-, 53-sonli maktablar Koreya Respubli-kasining Eksimbank loyihasi hisobidan, har bir maktabga 16 donadan jami 80 dona zamonaviy kompyuter texnikalari hamda 9-, 36-, 58-, 72-, 77-, 86-sonli maktablarning har biriga Vazirlar Mahkamasining “Yoşlarni “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida öqitiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori asosida Respublika byudjeti mablağlari hisobidan 11 donadan, jami 66 dona zamonaviy kompyuter texnikalari yetkazib berildi.
Şuningdek, 2022-yil avgust oyida 16- va 76-sonli maktablarga xorijiy tillarni öqitişni yanada samarali taşkil qiliş böyiça qiymati 23 mln. sömlik 1 ta interaktiv doska va qiymati 9,2 mln. sömlik 2 dona noutbuk yetkazib berildi.
Mamlakatimizda öquvçilarning har tomonlama yetuk, barkamol avlod bölib voyaga yetişlari uçun barça şaroit va imkoniyatlar yaratilgan. Ulardan esa faqatgina öqib bilim oliş, kasb-hunar egallab Vatan koriga yaraydigan munosib avlodlar bölib yetişişlari talab etiladi xolos.
I.RajaBov, tuman XTB mudiri örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶