DASTLABKI EŞITUV INSTITUTI – SUD TIZIMIDAGI YaNGI BOSQIÇ
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 14-maydagi «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunçiligi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida belgilangan vazifalar izçil amalga oşirilmoqda. Xususan, sud jarayonida işlarning oşkora körilişi, tortişuvlik tamoyilini töliq joriy etiş maqsadida jinoiy protsessual qonunçilikka 2021-yil fevral oyidan dastlabki eşituv instituti kiritildi.
Dastlabki eşituv jinoiy iş yurituvning sudgaça bölgan jarayoni va sudlov jarayoni orasidagi çegarani belgilaydi. Dastlabki eşituv sud muhokamasiga tayyorgarlik köriş bilan birga fuqarolarning huquq, erkinliklari buzilişi, ularning sud va tergov organlari idoralari orasida qatnab, behuda vaqt sarflaşi, protsessual harakatlarni amalga oşiriş uçun davlat tomonidan ajratilgan mablağlar maqsadsiz yönaltirilişi, protsessual muddatlarning sababsiz çö-zilişining oldini oliş natijasida qonuniy va asosli qaror qabul qilişga yordam beradigan bosqiç hisoblanadi.
Dastlabki eşituv institutining maqsadi – sud majlisida yöl qöyilişi mumkin bölgan protsessual qonun buzilişlarining oldini olib, jinoyat işini oçiq sud majlisida mukammal köriş uçun tayyorlaşdir. Qonunçilikka kiritilgan özgartirişga muvofiq, sudya endilikda jinoyat işini sudda köriş uçun tayinlaş töğrisidagi xulosaga kelişi talab etiladi. Şu bilan birga, u mazkur iş yuzasidan dastlabki eşituvni ötka-ziş uçun asoslar bor-yöqligi haqidagi masalani ham hal kilişi lozim böladi. Dastlabki eşituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida, yakka tartibda ötkaziladi.
Uşbu amaliyotdan samarali foydalanib kelayotgan aksariyat mamlakatlarda sudyaning dastlabki eşituv borasida qabul qilgan qarori ustidan şikoyat keltiriş huquqi mavjud emas. Milliy qonunçiligimizda dastlabki eşituv instituti amaliyotga joriy etilişi bilan birga, fuqarolarning şikoyat keltiriş bilan boğliq uzviy huquqlari ham taʼminlangani eʼtiborga molikdir.
J.Örazboyev,
Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶