27-SONLI MAKTABDA YaNGI OʻQUV YILI BOShLANIShIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI
5-sentyabr kuni tumanimizning oʻquvchi yoshlari uchun yangi 2022-2023 oʻquv yilining boshlanishi ulkan shodiyonalarga aylanib ketdi. Yoz boʻyi huvillab turgan maktablar bagʻri yana oʻquvchilar bilan gavjum boʻldi.
Arnaboʻyi mahallasida joylashgan 27-sonli maktabda ham yangi oʻquv yiliga ilk qoʻngʻiroq chalinishi bayram tusini oldi.
“Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiriga maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilaridan tashqari Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri, hududdan tuman Kengashiga saylangan deputat Mansur Oʻrozboyev, mahalla yoshlari yetakchisi Shahzod Nuratdinov, oʻquvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori Quvvat Joʻrayev ochdi va barcha oʻquvchilarni yangi oʻquv yili boshlanishi, 1-sinfga qabul qilingan kichkintoylarni maktabga ilk qadam qoʻyganliklari bilan samimiy qutladi va oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tajribali oʻqituvchilar, mehmonlar tabriklaridan soʻng bu yil 1-sinfga qabul qilingan 64 nafar bolalarga “Prezident sovgʻasi” – darsliklar jamlanmasi va oʻquv qurollari solingan sumkalar taqdim etildi. Tantanali tadbirdan soʻng maktabning 600 nafar oʻquvchilari “Mustaqillik darsi” bilan yuqori kayfiyatda yangi oʻquv yilini boshladilar.
Shahzod Nuratdinov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶