28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:00
Qishloq xoʻjaligi 👁 444

PAXTA YIGʻIM-TERIM MAVSUMI BOShLANIShIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

PAXTA YIGʻIM-TERIM MAVSUMI BOShLANIShIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida 2022-yil hosili uchun yetishtirilgan paxta yigʻim-terim mavsumining ramziy boshlanishi hisoblangan “Oq oltin karvoni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektor rahbarlari va qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari, fermer xoʻjaliklar rahbarlari ishtirok etdilar.

 5-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda dastlab tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqdi va paxtakorlarni erta bahordan urugʻ qadab, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarib, hosilni yigʻib olish mavsumiga yetib kelganliklari bilan tabrikladi. Mavsum davomidagi paxta terish jarayonlarida kuch-quvvat va gʻayrat-shijoat, “oq oltin”ni nes-nobud qilmasdan yigʻib olishda kuch-quvvat tiladi.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari, fermer xoʻjalik rahbarlari ham soʻzga chiqib, paxtakor-dehqonlarni bahor-yoz oylarida barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarib, marraga – hosilni yigʻib olishdek masʼuliyatli mavsumga yetib kelganliklari bilan tabrikladi. Shuningdek, barchani hosilni nest-nobud qilmay yigʻib-terib olishga bor imkoniyatni safarbar qilishga chaqirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, joriy yilda amudaryolik paxtakorlar oʻz oldilariga ulkan marralarni qoʻydilar. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi klasteri bilan 351 ta paxtachilik fermer xoʻjaliklari oʻrtasida shartnomalar tuzilib, 13 ming 900 gektar yerga tumanimiz iqlim sharoitiga mos serhosil paxta navlari ekildi.

Fermer xoʻjaliklari rahbarlari joriy qishloq xoʻjaligi yilining barcha mavsum yumushlarini agrotexnika qoidalariga muvofiq tashkil etdilar. Yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda yigʻib-terib olish boʻyicha tumanda terim otryadlari tashkil qilinib, ularga yordamchi-terimchilar biriktirilgan.

Barcha paxta maydonlarida defoliatsiya ishlari sifatli yakuniga yetkazildi. Shuningdek, mavsum boshlanishi oldidan paxta yigʻim-terimini koʻtarinki ruhda, uyushqoqlik va jipslik bilan amalga oshirish, terimchilar va koʻngilli hasharchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida terilgan paxtani qabul punktlariga tashish uchun transport vositalari, tirkama, terim surʼatini bir maromda olib borishni taʼminlash uchun tarozilar taxt qilib qoʻyildi.

Qabul punktlarida ham yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borildi va xoʻjaliklardan keltirilgan paxtalarni oʻz vaqtida qabul qilib olishga shay qilib qoʻyildi. Bundan tashqari, terimchilarning sifatli tushlik bilan muntazam taʼminlanishlariga alohida eʼtibor qaratilib, fermer xoʻjaliklari tomonidan qozon-oʻchoqlar, toza ichimlik suvi saqlash idishlari va boshqa zarur ashyolar tayyorlandi.

Tadbirda ishtirok etgan sektorlar rahbarlari ham tumanimiz dalalaridagi paxta xirmoni barakatli boʻlib, amudaryolik paxtakorlar har yilgidek Respublikada birinchilardan boʻlib, moʻl paxta xirmoni bunyod etishlarida omad tiladilar. Marosimdan soʻng, qabul maskanida paxta qabul qilish ishlari boshlab yuborildi.

Tumanimizdagi barcha fermer xoʻjaliklari paxta dalalarida hosil yigʻim-terimi jadal surʼatlarda boshlab yuborildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026