28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:33
Sport 👁 361

“BESh TAShABBUS OLIMPIADASI” MUSOBAQALARINING IKKINChI MAVSUMIGA START BERILDI

“BESh TAShABBUS OLIMPIADASI” MUSOBAQALARINING IKKINChI MAVSUMIGA START BERILDI

Mamlakatimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” nomi bilan yoshlar, oʻsmirlar orasida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, IT kabi 14 ta yoʻnalishlarda oʻtkazilayotgan musobaqalar, aytish joizki, barcha yoshlarni beeʼtibor qoldirmadi. Musobaqalarning ilk mavsumida mamlakat boʻyicha 6 milliondan ortiq ishtirokchilar qatnashgani va oʻz iqtidorlarini sinovdan oʻtkazgani buni dalillab turibdi.

Shu yilning 10-sentyabridan mamlakatimiz boʻylab besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start berildi va unda ilk bosqichdagi barcha musobaqalardan tashqari sportning kurash turi ham oʻrin olgan. Ikkinchi mavsum ham mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika boqichida oʻtkaziladi.

10-sentyabr kuni Amudaryo tumanida ham ikkinchi mavsum musobaqalariga start berildi. Sport maktabining Chordara mahallasidagi sport zalida shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Unda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov, boʻlim besh tashabbus olimpiadasini muvofiqlashtirish boʻyicha mutaxassisi Javohir Oʻrozboyev, sport sohasi masʼullari va murabbiylar, mahallalar yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

Sardor Ismoilov “Besh tashabbus olimpiadasi” ikkinchi mavsumi doirasida stol tennisi musobaqalarining boshlanishi bilan barchani qutladi va bellashuvga chiqayotgan Yangiobod, Chordara, Durunki, Boyovul mahallalari tennischilariga omadlar tiladi. Mazkur musobaqalarning ilk mavsumida tumanimiz yoshlari muvaffaqiyatli ishtirok etishganini eʼtirof etdi va joriy mavsumda bu yutuqlar yana ham koʻpayishiga umid bildirdi.

Maʼlumot uchun: ushbu musobaqaning ilk mavsumidagi uchta – yaʼni mahalla-sektor-tuman bosqichlarida tumanimizning 27 mingdan ortiq intiluvchan va iqtidorli yoshlari ishtirok etib, shularning 144 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida iqtidorlarini sinovdan oʻtkazishdi va 41 nafar yoshlar gʻolib  va sovrindor boʻlishdi.

Doʻrman ovulida istiqomat  qiluvchi Oʻrinboyevlar oilasi “Yosh kitobxon oila” yoʻnalishida mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Prezident sovgʻasi – “Spark” avtomobili bilan mukofotlangan edi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining ikkinchi mavsumi sportning stol tennisi turi bilan boshlandi. Chordara, Durunki, Boyovul, Yangiobod mahallalari sportchilari oʻrtasidagi bellashuvlar shiddatli va qizgʻin kechdi. Barcha yoshlar gʻoliblik uchun astoydil intildilar va mahallasi sport sharafini yuksaltirishga harakat qildilar.

Yurtimizda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularni kitobxonlik, madaniyat va sanʼat, intellektual oʻyinlar, axborot texnologiyalari va sport turlariga keng jalb etish boʻyicha oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining ikkinchi mavsumini uyushqoqlik bilan namunali tarzda oʻtkazilishi uchun barcha chora-tadbirlar koʻrilgan.

Musobaqalar tumanimizning iqtidorli va salohiyatli yoshlari, mohir sportchilari aniqlanishiga xizmat qiladi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026