MAKTABDA SOĞLOM TURMUŞ TARZI AFZALLIGINI TARĞIB ETIŞGA BAĞIŞLANGAN DAVRA SUHBATI ÖTKAZILDI
Bugungi kunda aholi, ayniqsa yoşlar orasida soğlom turmuş tarzi madaniyatini şakllantiriş tibbiyot xodimlarininggina emas, taʼlim muassasalari, sport muassasalari va barça jamoat taşkilotlari bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalarining ham vazifasidir. Soğlom turmuş turzi madaniyatini şakllantirişdek uluğvor maqsadning amalga oşirilişiga Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy naşri – “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati xodimlari ham baholi qudrat hissa qöşib kelişmoqda.
Tahririyat Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat Fondi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida özining “Soğlom turmuş tarzi – farovon hayot asosi” deb nomlangan loyihasi bilan qatnaşib, ğolib böldi va 2021-yil dekabr oyidan loyihani amalga oşiriş boşlandi.
Şu kungaça loyiha doirasida soğlom yaşaşga tarğib etiş, hayotimizdan örin olgan zararli odatlar va ularning oqibatlari xususida, jismoniy faollikning ahamiyati, sport – soğlik garovi ekanligi xususida “Amudaryo TV” telekanali, amunews.uz veb-sayti va “Taraqqiyot közgusi”, “Mening oilam” gazetalarida köplab turli janrlarda materiallar berib borilmoqda.
Bundan taşqari, ovul va mahallalarda, taʼlim muassasalarida öquvçi-yoşlar bilan davra suhbatlari ötkazib kelinmoqda. 14-sentyabr kuni Qiliçboy ovulida faoliyat yuritayotgan 15-sonli maktabda “Yoşlar örtasida soğlom turmuş madaniyatini şakllantiriş” mavzusida ötkazilgan tadbir ham şularning biridir.
Davra suhbatini maktab direktori örinbosari Iskandar Iskandarov oçdi va öquvçilarga tadbir maqsadini tuşuntirdi. “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri Oygul Rajabova yoşlarni soğlom turmuş tarziga amal qilib yaşaş, zararli odatlardan tiyilişga daʼvat etdi va buning yoşlar soğlom bölib kamolga yetişidagi ahamiyati haqida, şuningdek, soğlom yaşaş qoidalari haqida tuşunçalar berdi.
Davra suhbatida Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori Matyoqub Ernazarov soğlom yaşaş qoidalari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Taʼkidlandiki, soğlom turmuş tarzi uzoq umr köriş garovi ekanligi bugungi kunda köpçilikka ayon. Biroq şu qoidalarga amal qilişga köpinça eʼtiborsiz bölamiz. Aslida soğlom turmuş tarzi bu har kimning öz soğliği haqida qayğurişi, keksaygan çoğida ham heç kimning yordamiga muhtoj bölmay, emin-erkin yaşaşga zamin hozirlaşidir. Buning uçun har kim öz salomatligiga xavf soluvçi zararli odatlardan tiyilib, jismoniy faol yaşaşga odatlanmoği lozim.
Şuningdek maʼruzaçi bu boradagi qoidalarga ham keng töxtaldi.
Tadbir söngida öquvçilar soğlom turmuş tarziga oid özlarini qiziqtirgan savollarga şifokordan batafsil javoblar oldilar.
Grant loyihasi doirasida öquvçilar bilan ötkazilgan davra suhbatida iştirokçilar yoşlar salomatligiga salbiy taʼsir körsatuvçi omillar va ulardan saqlanişning ahamiyati haqida keng tuşunçaga ega böldilar.
M.Şomurodov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶