BOLAJONLAR YÖL HARAKATI QOIDALARINI ÖRGANIŞMOQDA
Yöl qoidasiga amal qiliş – har bir fuqaro zimmasidagi burçdir. Çunki inson yöl qoidasiga amal qiliş orqali nafaqat öz soğligi va hayotini, balki atrofidagilarning, şu barobarida transport vositasi haydovçisining ham hayotini xavf-xatardan himoya qiladi.
Manğit şahridagi 5-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida bolajonlar uçun bu borada rejadagi maxsus maşğulotlardan taşqari, amaliy va körgazmali davra suhbatlari, mutaxassislar iştirokidagi savol-javob keçalari ham taşkil etilib, ularning yöl harakat qoidalarini mukammal örganişlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Yaqinda MTTda tuman IIB xodimi Nodirbek Qurbonboyev iştirokida “Yöl qoidasi – umr foydasi” mavzusida körgazmali davra suhbati bölib ötdi. Unda Nodirbek Qurbonboyev bolajonlarga svetafor çiroqlarining maʼnolari, ularga amal qiliş qoidalari, şuningdek, serqatnov yöllar, çorrahalarga örnatilgan yöl belgilari, bu belgilarning qanday maʼno va harakatlarni anglatişi haqida batafsil tuşunçalar berdi.

Maktabgaça taʼlim guruhi va kiçik guruhlar tarbiyalanuvçilari ham yöl belgilari yuzasidan Nodirbek akasiga savollar berişdi va şartli yöl belgilariga rioya etiş qoidalari böyiça öz bilimlarini amalda namoyiş etib berdilar.
Şundan söng, bolajonlar svetafor, yöl harakati qoidalari, Vatan, döstlik va tinçlik mavzularida şeʼr va qöşiqlar aytişib, raqslar ijro etişdi
Samimiy va döstona kayfiyatda ötgan davra suhbati bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
Xolida HAYITBOYeVA, 5-sonli MTT tarbiyaçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶