28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 22:55
Fan va taʼlim 👁 239

MAHORATLI USTOZ

MAHORATLI USTOZ

Agar oʻqituvchi mahoratli boʻlsa, har qanday fanni oʻquvchilar ongiga adabiyot, sheʼriyat darajasida singdira oladi. Amudaryo tumanidagi 6-sonli umumtaʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi Aqljon Seytmurodova ana shunday mahorat sohibasi edi. Uning kimyoviy reaktsiyalar, Mendeleyev davriy tizimidagi elementlar haqidagi biri-biridan qiziqarli  dars-mashgʻulotlarini har bir oʻquvchisi alohida qiziqish bilan oʻzlashtirishardi. Rufat Shomurodov esa ustozi kabi kimyo fani oʻqituvchisi boʻldi.

Umumtaʼlim maktabida aʼlo ba-holarga oʻqigan Rufat 1999-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq dav-lat Universitetining kimyo fakul-tetini muvaffaqiyatli tamomladi. U ilk ish faoliyatini 1999-yilda 45-sonli maktabning kimyo fani oʻqituvchisi sifatida boshladi.

Yosh va bilimdon mutaxassis hamisha  talabgir boʻladi. U 2003-yildan oʻz faoliyatini  oʻzi tahsil olgan 6-sonli maktabda davom ettirdi. Mana, 22-yildirki, R.Sho-murodov nafaqat 6-sonli maktab oʻquvchilarining sevimli ustozi, balki maktab pedagogika jamoa-sida oʻz shaxsiy fikriga, ish uslubiga ega tajribali oʻqituvchi sifatida obroʻ-eʼtibor topdi.

R.Shomurodovning har bir dars-mashgʻuloti oʻquvchilar uchun qizi-qarli taassurotlarga boy, maroqli oʻtadi. U mavzuni darslikda qanday boʻlsa, shunday oʻtmaydi, har bir mav-zuni atrofimizdagi olam bilan, hayot bilan bogʻliq ravishda tushun-tirish orqali oʻquvchilar ongida oʻz faniga nisbatan mehr va qiziqish uygʻotadi.  

Oʻqituvchining mahorati, bilim va salohiyati shogirdlari kamolida aks etib turadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda R.Shomurodovning oʻqituv-chilik faoliyati havas va ehtiromga munosib. Uning oʻquvchilari orasi-da bilimlar bellashuvining tuman bosqichi gʻoliblari, mazkur bel-lashuvning Respublika bosqichi ish-tirokchilari va sovrindorlari bor.

R.Shomurodovning shogirdlari orasida kimyo fani oʻqituvchilari, tibbiyot sohasining  fidoyilari, farmatsevtika sanoati bilim-donlari talaygina. Ayni paytda Toshkent Tibbiyot akademiyasining 4-5-bosqichlarida taʼsil olayotgan sobiq oʻquvchilari Rufat bilan tez-tez  telefon orqali bogʻlanib, kimyo faniga oid ayrim masalalarda maslahatlar olishadi.

– Kimyo fani kirib bormagan sohaning oʻzi yoʻq, – deydi Rufat boʻlgʻusi shifokor shogirdlarining yutuqlari haqida soʻzlarkan. – Ayniqsa, tibbiyot sohasida bu fan har kuni, har soatda zarur. Dorishunoslikda esa kimyo fanini oʻta kuchli bilish talab etiladi.

2020-2021 oʻquv yilida Rufatning  bir yoʻla  9 nafar oʻquvchisi OTM talabalari boʻlishdi. Quvonarlisi shundaki, ulardan 5 nafari Tibbiyot institutiga, 4 nafari esa peda-gogika institutining kimyo fakultetiga oʻqishga qabul qilindilar.
– Xudo xohlasa, Bobur nomli qish-logʻimizga yana bir necha yildan soʻng bir vaqtning oʻzida 5 nafar oliy maʼlumotli shifokor, 4 nafar kimyo fani oʻqituvchilari OTMlarni bitirib kelishadi, – deydi mamnuniyat bilan Rufat.

Rufat nafaqat malakali oʻqituvchi, balki oilaparvar ota, mulohazali umr yoʻldoshi – baxtli oila sohibi. Umr yoʻldoshi Bahor Rajabova ham pedagog. 6-sonli maktabning malakali matematika fani oʻqituvchisi. Uch nafar farzandni aqlli, intiluvchan insonlar qilib tarbiyalashda biri-biriga yelkadosh va hamfikr. Mehr-muhabbat, oʻzaro hurmat hokim boʻlgan bu baxtiyor oila tarbiyasini olgan bir oʻgʻil va ikki qiz 6-sonli maktabning eng aʼlochi, intizomli oʻquvchilari.
Umumxalq bayrami – 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida R.Shomurodovni yoʻqlovchi shogirdlari orasida oʻz kasbiy fao-liyati bilan elga manzur boʻlayotgan shifokorlar, oʻqituvchilar, turli kasb egalari koʻp boʻladi. El-yurt uchun qilgan mehnati shogirdlari timsolida elga manzur boʻlayotgani-ni koʻrib, his etish ustoz uchun baxt. Rufat Shomurodov ana shunday baxt sohibi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026