56-sonli maktabda Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami keng nishonlandi
Oʻquvchi-yoshlarga berilayotgan taʼlim-tarbiyaning sifat va samaradorligini oshirishga muntazam ravishda harakat qilib kelayotgan Amudaryo tumanidagi 56-sonli maktab pedagoglar jamoasi Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni bayramini aʼlo kayfiyat bilan kutib oldilar.
Albatta bunga sabab ularning fidokorona mehnatlarining, jonkuyarliklarining natijalaridir.
Oʻtgan oʻquv yilida maktabni 58 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlsa, shundan 30 nafari oliy taʼlim muassasalari talabalari boʻlishdi. Maktabda tashkil etilgan variativ sinfdagi 26 nafar bitiruvchidan 22 nafari talabalikka qabul qilindi. Natijada maktab oʻquvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish boʻyicha koʻrsatkich 84 foizdan oshdi.
Joriy oʻquv yilida maktabning birinchi sinfiga 71 nafar oʻquvchi qabul qilinib, jami oʻquvchilar soni 546 nafarga yetkazildi.
Ayni paytda maktabda 55 nafar oliy maʼlumotli, bilimli va tajribali muallimlar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishmoqda.
30-sentyabr kuni maktabda Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tadbirda maktab direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Rohatoy Xudoybergenova soʻzga chiqib, maktabning pedagoglar jamoasini kasb bayramlari bilan tabrikladi.
Shundan soʻng maktab oʻquvchilari ustozlarni tabriklab, ularga bagʻishlangan sheʼrlarni oʻqidilar, ashulalar aytib, raqsga tushdilar.
Bitiruvchi oʻquvchilarni oliy taʼlimga qamrab olish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha tumanimiz maktablari oʻrtasida peshqadamlar safida kelayotgan 56-sonli maktabda ham koʻpchilik taʼlim muassasalari qatori oʻquv va boshqa xonalar yetishmasligi kabi birqancha muammolar mavjud edi.
Joriy yilda bu maktabda ham zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida qurilish- taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bu borada tumanimizdagi “Temir beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari jonbozlik koʻrsatdilar. Loyiha bahosi 2 milliard 326 million soʻm boʻlgan bu qoʻshimcha qurilish ishlari jarayonida 180 oʻquvchiga moʻljallangan ikki qavatli bino qad rostladi.
Maktabning mavjud binosi yoniga qurilgan, barcha sharoitlar muhayyo boʻlgan qoʻshimcha binoning yorugʻ sinfxonalarida ham oʻquvchilar ilk darslarni boshlab yubordilar.
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbirida maktab oʻquvchilari oʻz ustozlariga hurmat-ehtiromini shaʼrlar, tabriklar, kuy va qoʻshiqlar bilan izhor etib, barcha oʻqituvchilarga katta quvonch ulashdilar.
A.Jumaniyozov, maktabning ijodiy-madaniy masalalari boʻyicha targʻibotchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶