28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:03
Qishloq xoʻjaligi 👁 315

15-oktyabr − Xalqaro qishloq ayollari kuni

15-oktyabr − Xalqaro qishloq ayollari kuni

Mehnatdan baxt topgan qishloq ayoli

Bugun mamlakatimizda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar oʻz aql-zakovati, mehnati bilan jamiyat rivojiga hissa qoʻshmoqda. Quvonarlisi, boshqa sohalar qatori qishloq xoʻjaligida faoliyat yuritib, fermerlik bilan shugʻullanayotgan ayollar ham koʻplab topiladi. Amudaryo tumani markazidan ancha olisda joylashgan Nazarxan ovulida istiqomat qiluvchi Qizlargul Doʻsimbetova ham yurtimiz forovonligiga, aholi dasturxonlarining toʻkinligiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan fermer ayollardan biri.

1984-yilda Nukus tumanidan Amudaryo tumanining Nazarxan ovuliga kelin boʻlib tushgan mehnatkash ayol 2002-yilda oʻzining fermerlik faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Umr yoʻldoshi Qazaqbay Bekpoʻlatov bilan birgalikda 3 oʻgʻil va bir qizni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Ikki nafar oʻgʻlini qishloq xoʻjaligi institutida oʻqitib, ularga ham oʻzidagi bor bilim va tajribani oʻrgatib kelmoqda.

Tadbirkor ayol bugungi kun fermerlari koʻp tarmoqli boʻlishi zarur degan tamoyilga rioya qilgan holda fermer xoʻjaligi dalalarida paxta, gʻalla, poliz ekinlarini yetishtirishdan tashqari 2 bosh zotdor sigir, 300dan ortiq parranda hamda asalarilar boqayapti. Qizlargul Doʻsimbetovaning kelinlari har kuni ertalab sigirlaridan 50 litr sut sogʻib olib, Nukus shahriga joʻnatadi.

Shuningdek, fermer oʻz mahallasidagi yoshlarning bandligini taʼminlashga ham oʻz hissasini qoʻshmoqda. Muhtaram Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq mahalladagi 4 nafar ishsiz yoshlarga 25 sotixdan yer ajratib berildi.

Qizlargul Doʻsimbetova yoshlarga ekin ekish, parvarishlash hamda vaqtida yigʻib-terib olish boʻyicha oʻzining maslahtlarini berib, beminnat yordamlar koʻrsatib kelmoqda. Undan tashqari, sahovatpesha fermer mahallasidagi ishsiz yoshlardan biri Jamshidbek Yoʻldoshevga bir bosh sigir berdi.

Bugungi kunda Qizlargul Doʻsimbetovaning fermer xoʻjaligidagi 61 gektar yer maydonlarida paxta, gʻalla, shuningdek qishloq xoʻjaligining boshqa mahsulotlari yetishtirilib, aholi bandligiga va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligiga hissa qoʻshilmoqda.

2021-yilda fermer ayolning mashaqqatli mehnatlari eʼtirof etilib, “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

13-oktyabr kuni fermerning Toshkent shahrida 15-oktyabr − “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan “Qishloq hududlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollari va aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki” mavzusida oʻtkazilgan Respublika forumiga taklif etilgani yana bir quvonchli voqea boʻldi.

Barchaga ayonki, qishloq ayollarining mehnati shahar ayollarinikidan ancha ogʻirroq. Hatto, eng rivojlangan mamlakatlarda ham ular ishdan boʻsh vaqtlarida oʻz tomorqalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishitirib, aholi farovonligiga va iqtisodiyot rivojiga oʻz hissalarini qoʻshib kelishgan.

Qizlargul Doʻsimbetova ham nafaqada boʻlishiga qaramasdan har bir kunini dala boshida, terimchilar bilan birgalikda oʻtkazadi. Bu bilan ham cheklanib qolmasdan, jamoat ishlarida ham hamisha faol. Mahallasida tashkil etilgan “Oqila ayollar” harakati aʼzosi. Mahallaning xotin-qizlar faoli Guljahon Ibragimova bilan birgalikda mahallalardagi notinch oilalar bilan suhbatlashib, ajrimlarning oldini olish ishlariga hissa qoʻshib kelmoqda.

Tinib tinchimas fermer ayol dangasalik va erinchoqlik insonga maʼnaviy va iqtisodiy cheklovlar qoʻyib, hayotida muammolar koʻpayishiga olib keladi deb hisoblaydi, mehnat hamisha insonni ulugʻlashiga, halol mehnat qilib, elga naf keltirgan kishi hech qachon kam boʻlmasligiga ishonadi.

20-yildan ortiq vaqt mobaynida fermerlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan ayol barchani mehnatsevar boʻlib yashashga, ayniqsa yoshlarni bugungi yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqiradi.

Ha, chindan ham, haqiqiy baxt – oilang xotirjamligi, mehantlaring rohatini koʻrib yashashdir. Biz ham Qizlargul Doʻsimbetova singari barcha mehnatkash ayollarimizni 15-oktyabr − “Xalqaro qishloq ayollari kuni” bilan tabriklaymiz!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026