28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:43
Iqtisodiyot 👁 342

Oktyabr oyi davomida amudaryolik soliq toʻlovchilar tomonidan byudjetga 9 mlrd 578 mln. soʻm miqdorida soliq toʻlandi

Oktyabr oyi davomida amudaryolik soliq toʻlovchilar tomonidan byudjetga 9 mlrd 578 mln. soʻm miqdorida soliq toʻlandi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qoʻmitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati va koʻlamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – koʻmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini oʻrganish va soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.

Mazkur topshiriqlarning ijrosini taʼminlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi oʻzgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 24-mart kuni Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Amudaryo tumanida oʻtkazilgan uchrashuvda jami 53 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirkorlik subektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida muntazam ravishda, batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.

Bugungi kunda ham “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida tuman soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini oʻrganib, sayyor soliq maslahatlari koʻrsatilmoqda.

Masalan, sentyabr oyi davomida 274 ta korxonalarning muammolari batafsil oʻrganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar boʻyicha 145 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bogʻliq masalalar qatʼiy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari koʻrilmoqda.

Shuningdek, oʻrganishlar davomida soliq turlari boʻyicha 103 ta subektlarning 123,6 million soʻm mavjud ortiqcha toʻlov summasi qaytarib berildi yoki boshqa soliq turlaridan qarzdorlik hisobiga singdirildi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, soliq toʻlovchilarga haqiqiy maʼnoda koʻmakchi, oʻrgatuvchi boʻlish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda. Shu maʼnoda, tadbirkorlar uchun yanada yengillik yaratish uchun “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishga tushirilishi sohadagi yangilik boʻldi.

Tuman boʻyicha 31 ta subektda “Avtokameral” dasturi orqali tekshirishdan oldingi taxlil natijasida subektlar tomonidan oʻz ixtiyori bilan soliq xisobotlarni toʻgʻrilab DSIga qayta xisobot taqdim qildi natijada 124,5 mln.soʻmga qayta hisobot olindi.

Bu tizim orqali, soliq organlari soliq toʻlovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni, eʼtibor qarating tekshirishlarni emas, tahlillarni oʻtkazishi mumkin. Yaʼniki, soliq toʻlovchi faoliyati davomida qandaydir xatoliklarga yoʻl qoʻyayotgan boʻlsa yoki hisobotlarida qandaydir tafovvutlar kuzatilayotgan boʻlsa, avtomatlashgan tizim darhol soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga xatoliklarni tuzatish haqida xabarnoma joʻnatadi. Aqlli dastur oʻzi kamchiliklarni aniqlab, oʻz vaqtida tadbirkorga koʻmakchi boʻlib, xabar berib boradi. Eng muhimi, bunda inson omili aralashilmaydi.

Amudaryo tumani davlat soliq inspektsiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kaiyultirilganligi toʻgʻrisida tadbirkorlar oʻrtasida olib borilayotgan tushuntirish-targʻibot ishlari, xodimlari tomonidan tadbirkorlik subektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida avgust oyida

74 ta korxonadagi 118 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar ish oʻrinlariga ega boʻldi.

Agar sohalar kesimida koʻrib chiqadigan boʻlsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 33 nafar, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida 71 nafar, hamda qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi 14 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 13,0 million soʻm qoʻshimcha mablagʻ yoʻnaltirildi.

2022-yilning oktyabr oyi davomida tumanimiz soliq toʻlovchilari tomonidan byudjetga 9 mlrd 578,0 mln.soʻm miqdorida soliq toʻlanib, belgilangan prognoz 8 mlrd 139,3 mln.soʻm boʻlib rejasi 1 438,6 mln. soʻm ortigʻi bilan yaʼni 117,7 foizga bajarildi.

Joriy yil mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari bilan bogʻliq soliq huquqbuzarliklari toʻgʻrisida jami 135 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 1 ta murojaat turli xil sabablarga koʻra rad qilingan. Ularning 94 tasida sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.

Shu oʻrinda taʼkidlash oʻrinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator engillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga oʻz-oʻzidan chek qoʻyilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 873 nafarni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda qoʻlida hunari bor yoki uyda yakka tartibda maʼlum faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning oʻzini oʻzi band qilishi, ish stajiga ega boʻlishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy koʻmak koʻrsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning oktyabr oyi yakuni bilan tumanda 119 nafar fuqarolar oʻzini oʻzi band qilish tizimi orqali roʻyxatdan oʻtib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shugʻullanib kelmoqda.

Hurmatli soliq toʻlovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy koʻmak berishga tayyormiz.

A.Seitov, Amudaryo tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026