AMUDARYo TUMANIDA TIBBIYoT XODIMLARI KUNI KENG NIŞONLANDI
Mamlakatimizda 2006-yildan buyon noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi Özbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nişonlab kelinadi.
Sana munosabati bilan 11-noyabr kuni Amudaryo tumani madaniyat markazida bayram tadbiri taşkil qilindi. Unda tumandagi tibbiyot muassasalari xodimlari, şifokorlar va hamşiralar, keng jamoatçilik vakillari qatnaşdi.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev iştirok etib, tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Taʼkidlanganidek, inson borki, hayoti davomida albatta şifokor yordamiga ehtiyoj sezadi. Soğlom insongina oilasiga naf keltirib, davlat va jamiyat rivojiga hissa qöşadi. Şu boisdan ham, aholi salomatligini asraş, tibbiyot xodimlarining mehnatini eʼzozlaş va rağbatlantiriş davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Mamlakatimizda sönggi yillarda bu sohada ham salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Soğlikni saqlaş tizimiga ilğor texnologiyalar joriy qilinib, tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Eng çekka qişloqlarda ham tibbiy punktlar, oilaviy poliklinikalar taşkil qilinib, aholi malakali tibbiy xizmat bilan töliq qamrab olinmoqda. Eng muhimi, tibbiyot xodimlarining iş haqlarini oşiriş, ijtimoiy muhofazasini yaxşilaşga eʼtibor qaratilib, jamiyatda şifokorlarning nufuzini oşiriş borasida tizimli işlar qilinmoqda.
Şundan keyin tuman hokimi sektorlar rahbarlari bilan birgalikda tibbiyot sohasining bir guruh ilğorlariga faxriy yorliqlar va esdalik sovğalari topşirildi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, davlatimiz va hukumatimiz tomonidan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxşilaş maqsadida qator amaliy işlar qilinmoqda. Sohaga har yili mahalliy byudjet hisobidan ham mablağ yönaltirilib, tibbiyot maskanlariga turli uskuna va jihozlar xarid qilinmoqda.
Masalan, birgina joriy yilda tibbiy asbob-uskunalar xaridiga 1,2 mlrd söm, 2021-yilda 1,3 mlrd söm, 2020-yilda 2,1 mlrd söm mablağ ajratildi. Natijada, 7 ta oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifati ança oşdi.
Bayram tadbirida tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Faxriddin Abdullayev va boşqalar sözga çiqib, hamkasblarini bayram bilan qutladilar.
Sözga çiqqanlar mamlakatimizda, xususan tumanimizda tibbiyot sohasini rivojlantirişga berilayotgan eʼtibor haqida töxtalib ötdi. Jumladan, birgina joriy yilda 11 ta olis va çekka mahallalarga maxsus konteynerlar örnatilib, 1,3 mlrd sömlik taʼmirlaş işlari olib borilmoqda. Bu öz navbatida tuman markazidan olis hududlarda yaşovçi 32 ming nafar aholiga tibbiy xizmat körsatişga xizmat qiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjeti hisobidan 4,9 mlrd söm evaziga 2 ta obʼektda, yaʼni Qangli oilaviy şifokor punkti va 72-sonli oilaviy poliklinikada quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda.
Manğit şahrida qiymati 14,3 mlrd. sömlik 90-örinli yangi tuğruq bölimi binosini quriş işlari davom ettirilmoqda. Bularning barçasi aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş va tibbiyot xodimlari uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş yölida amalga oşirilayotgan islohotlar natijasidir.
Bayram tadbiri tuman madaniyat bölimi sanʼatkorlarining kuy-qöşiqlari bilan davom etdi.
Tadbirda iştirok etgan tibbiyot xodimlari, jumladan, tuman Tibbiyot birlaşmasi, Markaziy şifoxona, Tez tibbiy yordam bölimi, Köp tarmoqli markaziy poliklinika, şuningdek, hududlardagi qişloq oilaviy poliklinikalari, çekka qişloqlardagi “Mahalla tibbiyot punkt”lari va boşqa tibbiyot muassasalari faollari maroqli hordiq çiqardilar. Zero, ular nafaqat bayram kunida, balki hamişa eʼzoz va ehtiromga munosibdir.
Insonning hali xomila paytidan tortib, dunyoga kelişi, soğlom va barkamol bölib ulğayişi, voyaga yetişi jarayonida, bir söz bilan aytganda, umri davomida salomatlik posbonlarining kömagi va tavsiyalariga ehtiyoj böladi. Şunday ekan, har birimiz şifokor va hamşiralarning maşaqqatli mehnatlarini eʼtirof etib, fidokorona xizmatlari uçun taʼzim qilamiz.
Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barça tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz! Hamişa maşaqqatli mehnatlaringizning rohatini körib, şarafli kasbingizdan kamol topib, davlatimiz va jamiyatimiz, el-yurtning eʼzozida yurişingizga tilakdoşmiz!
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶