49-sonli maktabda xorijiy tillar fan oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi
Amudaryo tuman xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 49-sonli umumtaʼlim maktabida noyabr – xorijiy tillar fan oyligi doirasida “Til bilgan – el biladi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Avvalo şuni alohida taʼkidlaş kerakki, maktabda xorijiy tillar fan oyligini muvaffaqiyatli ötkaziş maqsadida xorijiy tillar uslubbirlaşma aʼzolari tomonidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilib, har haftada alohida mavzulaştirilgan tadbirlar, oçiq darslar, “Zakovatli bolalar” öyinlari, sinflararo va guruhlararo bellaşuvlar taşkil etildi.
Ingliz tili öqituvçisi Gözal Saparboyeva 2-sinf öquvçilari iştirokida adabiy-musiqiy tarzdagi oçiq dars taşkil etdi. Darsda öquvçilar özlari örgangan inglizça şeʼrlarni qöşiq qilib kuyladilar va raqslar ijro etdilar. Bir-birlari bilan ingliz tilida suhbatlaşdilar.
Şuningdek, fan oyligi doirasida rus tili öqituvçisi Roza Yernazarova 3-sinf öquvçilari iştirokida oçiq dars ötkazdi. Oçiq dars jarayonida öquvçilarning rus tilini biliş qobiliyatlari sinovdan ötkazilib, aʼloçi öquvçilar maʼnaviy rağbatlantirildi. Bundan taşqari, rus tilida söz öyinlari, guruhlararo, sinflararo bellaşuvlar ham ötkazilib, öquvçilarning 1-çorak davomida egallagan bilimlari yanada takomillaştirildi.
Noyabr – xorijiy tillar fan oyligining oxirgi haftasida oylik davomida ötkazilgan barça tadbirlar umumlaştirildi va “Til bilgan – el biladi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Mazkur tadbirni ötkaziş uçun möljallangan xona maktabning xorijiy tillar uslubbirlaşmasi aʼzolari tomonidan körgazmali vositalar – xususan, ingliz va rus adabiyotining yetuk namoyandalari hayoti hamda ijodiy faoliyatini aks ettiruvçi suratlar, kitoblar, öquvçilar tomonidan tayyorlangan suratli albomlar va gullar bilan bezatildi.
Tadbirni maktab direktori Şukurboy Ayimbetov oçdi va öz ona tilidan taşqari, xorijiy tillarni örganiş insonning dunyoqaraşi şakllanişida muhim ahamiyat kasb etişi, mamlakatimizda sönggi yillarda xorijiy tillarni öqitiş, umumtaʼlim maktablarining xorijiy tillar böyiça fan xonalarini zamonaviy jihozlar, asbob-anjomlar bilan jihozlaş, ayniqsa kompyuter texnologiyalari böyiça öquvçilarning savodxonligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilayotgani haqida batafsil söz yuritdi.
Şundan söng, maktabning ingliz tili fani öqituvçisi Gözal Saparboyevaning stsenariysi asosida ingliz tilida tayyorlangan “Til bilgan – el biladi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirning asosiy qismi boşlandi. Unda öquvçilar Gözal Saparboyeva rahbarligida Özbekistonda va dunyoning turli nuqtalarida yaşovçi turfa millatlarning milliy kiyimlarini kiyib çiqişdi. öquvçilar ingliz tilida özaro muloqot qildilar. Qiziqarli savol-javob, kuy va qöşiqlar, tez aytişuvlarning ingliz tilida jaranglagani tadbir iştirokçilariga özgaça zavq bağişladi.
Tadbir davomida maktabning rus tili fani öqituvçilari Roza Yernazarova hamda Örozboy Aliyevlar tomonidan tayyorlangan, rus tilini mukammal örganayotgan öquvçi-yoşlar iştirokidagi “Rus dunyosiga sayohat” mavzusidagi fan oyligiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-musiqiy keça ham taşkil etildi.
Mazkur musiqiy keçada öquvçilar öz ustozlari Ruslan Bozorboyev, Örozboy Aliyev, Barno Allamberganova, Umida Ayimbetovalar bilan birgalikda rus tilida qiziqarli öyinlar taşkil etdilar.
Rus adabiyotining yetuk namoyandalari asarlari haqida fikr yuritişib, ularning maşhur şeʼr va hikoyalaridan aytib berdilar. Rus xalq qöşiqlari, raqslarini ijro etişib, barçaning olqişlariga sazovor böldilar. Ayniqsa, 2-sinf öquvçilari tomonidan ijro etilgan inglizça qöşiq va raqslar, 5-6-7-sinflar öquvçilari tayyorlab kelgan ingliz şoirlarining şeʼrlari, 8-sinf qizlari ijrosidagi rus xalq raqsi, 7-sinf öquvçi-qizlar talqinidagi inglizça raqs tadbir iştirokçilariga özgaça zavq bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶