“Bolalarga bering dunyoni” mavzusidagi tanlov bölib ötdi
Mamlakatimizning barça joylarida bölgani kabi tumanimizda ham yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş, ularni turli zararli illatlardan himoya qiliş borasida turli tadbirlar, uçraşuvlar, tanlovlar ötkazilib kelinmoqda.
Maktab öquvçilarining böş vaqtlarini mazmunli taşkil qiliş, sanʼat sohasi bilan birgalikda huquqiy siyosiy madaniyatini oşiriş hamda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan beş muhim taşabbusni amalga oşiriş maqsadida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “20-noyabr butun dunyo bolalar kuni” ham “8-dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” mavzusidagi tanlov bölib ötdi.
Uşbu mavzudagi respublika tanlovining tuman bosqiçida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablaridan kelgan 168 nafar yoş rassomlar iştirok etişdi. Mazkur tanlov tumanimizda kelajagidan ulkan umid kutsa böladigan iqtidorli yoş rassomlar juda köp ekanligini körsatdi. Ularning möyqalamidan bunyod bölayotgan rang-barang tasvirlar har qanday odamning qalbida gözal hislarni uyğotişi tabiiy.
Yoş rassomlar tomonidan yaratilayotgan Ona – Vatan, tabiat, ona – yurt, Vatan timsollari könglimizga hayajon soladi.
Yoş rassomlar oldiga “Bola huquqlari”, “Konstitutsiyaviy islohotlar yoşlar nigohida” mavzusiga oid suratlarni çiziş yönalişlari belgilandi.
Körik tanlovning borişini tajribali mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati nazorat qilib bordi.
Hakamlar hayʼati tomonidan ijodiy işlar 100 ballik tizimda baholab borişi belgilandi. Bunda yoş rassomlar ijodiy işining bola huquqlarini himoya qiliş tarğib qilinganligi, milliy va zamonaviy xususiyatlarning aks etganligi, konstitutsiyaviy islohotlarning keng yoritilganligi, badiiy saviyasi va sifatliligi kompozitsion talablarga mos kelişiga ulkan eʼtibor qaratildi.
Qiziqarli bellaşuvlarga boy bölgan tanlov yakunida nufuzli hakamlar hayʼatining eʼtirofiga köra 83-sonli maktab öquvçisi Maftuna Hayitboyeva, 32-sonli maktab öquvçisi Ruhşona Norboyeva 1-örinni, 40-sonli maktab öquvçisi Zafar Bahromboyev, 83-sonli maktab öquvçisi Jasmina Jumaniyazova 2-örinni, 31-sonli maktab öquvçisi Çaros Jumaniyazova, 9-sonli maktab öquvçisi Doniyor Baxtiyorov 3-öringa munosib deb topildilar. Ularga diplom va qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Şuningdek, yoş rassomlarning bir guruhiga tanlovdagi faol iştiroklari uçun faxriy yorliqlar topşirildi.
Tanlov söngida tanlov taşkilotçilari çiqib gapirib yoş rassomlarning respublika tanlovidagi ijodiy işlarida ham yutuqlar tiladi.
Yoş rassomlar tanlovi tuman prokuraturasi, tuman Xalq taʼlimi bölimi, yoşlar işlari agentligi tuman bölimi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida ötkazildi.
Mazkur tanlovni ötkazişdan maqsad – öquvçi-yoşlar örtasida huquqiy bilimdonlikni kuçaytiriş, ularning hayot darajasi va bilim sifatini oşiriş, ijodiy salohiyatini, vatanparvarlik tuyğularini, ular qalbida yot ğoyalarga qarşi mustahkam immunitetni şakllantiriş hamda yurtimizda ösib kelayotgan yoş avlodni huquqiy jamiyatga hurmat ruhida tarbiyalaş, baxt-iftixor tuyğusini şakllantiriş, mustaqil va erkin fikrlovçi qatʼiy pozitsiyaga ega bölgan yuksak bilimli, intellektual salohiyatli, mustaqillik tamoyillariga sodiq, jismoniy va maʼnaviy jihatdan yetuk barkamol avlodni tarbiyalaş, yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning mohiyatini yoş avlod ongiga çuqur singdirişdir.
Örozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶