28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:00
Qishloq xoʻjaligi 👁 413

ILGʻOR FERMERLARGA TUMAN HOKIMINING TAShAKKURNOMALARI TOPShIRILDI

ILGʻOR FERMERLARGA TUMAN HOKIMINING TAShAKKURNOMALARI TOPShIRILDI

Fotogalereya

7-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligida ilgʻor fermerlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev barcha fermerlar hamda Qishloq xoʻjaligi sohasi fidoyilarini Konstitutsiyamizning 30 yillik bayrami va yaqinlashib kelayotagan Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bilan tabrikladi.

Darhaqiqit, rizq-roʻzimiz bunyodkorlari – mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, oʻz ishining haqiqiy ustasi boʻlgan mexanizator va agronomlarimiz yozni yoz, qishni qish demay oʻz kasblariga vijdonan yondoshib mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligiga, xalqimiz farovonligiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Amudaryo tumanining mehnatkash fermerlari bu yil ham oʻz zimmalaridagi vazifalarini aʼlo darajada ado etib, yuqori natijalarga erishdilar.

Yigʻilishda mana shunday fidoyi va mehnatkash, ishning koʻzini biladigan, tadbirkor va ishbilarmon fermerlarga yerdan yuqori hosil yetishtirib, iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz farovonligiga qoʻshayotgan hissasi uchun tuman hokimligining tashakkurnomalari topshirildi.

Joriy yilda tumandagi 352 ta fermer xoʻjaliklarining 13 ming 900 gektar maydoniga chigit ekildi. Ekilgan chigitlardan tekis nihollar olinib, yaxshi parvarish qilingani bois rejadagi 44 ming 755 tonna oʻrniga 44 ming 844 tonna hosil olindi.

2022-yil hosili uchun tuman boʻyicha 6000 gektar maydonga gʻalla ekilgan, 2 ta gʻallachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari oʻrtasida 8960 tonna don yetishtirish boʻyicha shartnomalar tuzilgan edi. Gʻalla ekilgan maydonlarda bir tekis unib chiqqan nihollarning agrotexnik qoidalar asosida parvarish qilinishi, mineral oʻgʻitlar bilan oziqlatirilib oʻz vaqtida oʻrib-yigʻib olinishi tufayli belgilangan reja 143,2 foizga ortigʻi bilan bajarildi. Mirishkor dehqonlarimiz shartnomadagi 8960 tonna oʻrniga 12 ming 832 tonna don topshirdilar.

Gʻallakorlarimiz 2023-yilda ham moʻl hosil yetishtirish niyatida ayni kunlarda bugʻdoy tarbiyasiga katta eʼtibor qaratishmoqda. Joriy yilda kelgusi yil hosili uchun 360 ta fermer xoʻjaliklarining 7581 gektar maydonlariga gʻalla ekildi. Bu oʻtgan yilgiga qaraganda 1581 gektarga koʻpdir.

Bundan tashqari, yakunlanayotgan yilda tumanimiz qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biri − pillachilik boʻyicha ham quvonarli yutuqlar qoʻlga kiritildi. “Jayxun silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 4163 quti ipak urugʻi pillakorlarga yetkazib berildi va 237,4 tonna pilla yetishtirildi. Har bir qutidan olingan oʻrtacha hosildorlik 56,9 kg ni tashil qildi.

Albatta, qishloq xoʻjaligi sohasida oson va yengil yoʻlning oʻzi boʻlmaydi. Tabiat injiqliklari, suv resurslarining cheklangani, turli hasharot va zararkunandalar bilan kurashish har bir dehqondan katta azmu shijoat, mirishkorlik va tajribani talab etadi. Mana shunday muammolarga qaramasdan, bor bilim va tajribalarini ishga solib mehnat qilayotgan dehqonlarimiz tufayli Amudaryo tumani Respublikadagi boshqa tumanlar orasida qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish boʻyicha peshqadamlikni qoʻldan bermay kelmoqda.

Yigʻilish soʻngida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev mana shunday ilgʻor va tajribali fermerlarga butun amudaryoliklar nomidan minnatdorchilik bildirib, kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026