28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:22
Fan va taʼlim 👁 252

QAYTA TAʼMIRLANGAN 33-SONLI MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

QAYTA TAʼMIRLANGAN 33-SONLI MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Amudaryo tumanining Arnaboʻyi mahallasidagi 33-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.

12-dekabr kuni shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda tuman prokurori yordamchisi Zoidjon Xudoyberganov, tuman hokimligining Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi rahbari Jahongir Xolmurodov, Maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Abdurashid Nasrillayev hamda fuqarolar yigʻini masʼullari ishtirok etdilar.

Zamonaviy koʻrinishga keltirilgan tashkilot binosi ostonasida alvon rangli lentalar kesilgach, yigʻilganlar oʻyin maydonchalari va mashgʻulot xonalari, oshxona va yotoqxonalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Taʼkidlanganidek, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 21-apreldagi tegishli qarori hamda Amudaryo tumani hokimining 2022-yil 27-apreldagi “Mablagʻ ajratish toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida “Openbudjet.uz” elektron dasturida koʻp ovoz toʻplagan Arna boʻyi mahallasi hududidagi 33-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi. Binodagi 299 mln. soʻmlik qurilish ishlari “Urganch Murodjon servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bajarilib, qayta taʼmirlandi.

Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotiga 120 nafar bola qamrab olingan boʻlib, endilikda ularga zamonaviy koʻrinishdagi, barcha shart-sharoitlar yaratilgan, yangidan jihozlangan binoda taʼlim-tarbiya berish imkoniyati yaratildi. Tashkilotning chiroyli, keng va koʻrkam xonalari, musiqa zallarining devorlari kichkintoylarga mos chiroyli rasmlar bilan bezatildi.

Shu oʻrinda aytish joizki, joriy yilda investitsiya dasturi asosida Toʻlqin ovuli hududidagi 39-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda Yuqori qishloq mahallasi hududidagi 28-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti filiali binolarida rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Obod qishloq dasturi asosida Toʻlqin ovuli hududidagi 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari tumandagi 5 ta, yaʼni 8-, 18-, 33-, 44-, 47-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Yil davomida maktabgacha taʼlim tizimiga tadbirkorlarni jalb qilgan holda 11 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil qilindi. Yil yakuniga qadar investitsiya dasturi hisobidan Yuqori qishloq mahallasida rekonstruktsiya qilinayotgan 28-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti filialiga 120 nafar, Choykoʻl ovuli hududidagi 1 ta, Oybek nomli mahallasidagi 1 ta, jami 2 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 75 nafar bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan boʻlib, muassasalardagi bolalar sonini 12 ming 144 nafar, yaʼni maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning 72,1 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Tadbirga tashrif buyurgan masʼullar qayta taʼmirlangan 33-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida kichkintoylar uchun ularni maktab taʼlimiga tayyorlash, intellektual salohiyatini yuksaltirish, har jihatdan yetuk va barkamol voyaga yetishlari uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlar yaratilganining guvohi boʻldilar.

Endilikda zamonaviy maxsus mebellar, yangi toʻshaklar bilan jihozlangan yotoqxonalar, xavfsiz qattiq va yumshoq oʻyinchoqlar, bino oldidagi yozgi oʻyin maydonchalari, koʻrkam va fayzli oshxona bolajonlarning doimiy xizmatida boʻladi.

Kelajak egalari uchun yaratilgan ushbu qulayliklar nafaqat kichkintoylarni, balki tadbirga tashrif buyurgan masʼullar, qolaversa, Arnaboʻyi mahallasining butun aholisini juda quvontirdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026