28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:00
Qishloq xoʻjaligi 👁 331

Bir guruh fermerlar va dehqonlar, tomorqa yer egalari koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi

Bir guruh fermerlar va dehqonlar, tomorqa yer egalari koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi

Prezidentimiz tashabbusi bilan har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni sifatida keng tarzda nishonlanib kelinmoqda. Sohaga qaratilayotgan alohida eʼtibor dehqon va fermerlarimizga, qishloq aholisiga alohida kuch-gʻayrat bagʻishlamoqda. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sohasi fidoyilarining mehnatlari butun xalqimiz, Prezidentimiz tomonidan doimo eʼtirof etilishi ularning oʻz kasbiga boʻlgan mehr-muhabbatini yanada oshirmoqda.

Amudaryolik qishloq xoʻjaligi xodimlari bu yilgi bayramni ham mehnatdagi yutuqlari bilan qarshi oldilar. Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bayrami munosabati bilan 13-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida soha ilgʻorlarini taqdirlash boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, hech qachon oʻz oʻrni va ahamiyatini yoʻqotmaydigan tayanch tarmoqlaridan biri ekanligini taʼkidlab, ana shunday muhim sohaning zalvorli yukini oʻz yelkasida koʻtarib kelayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlarni bayram bilan tabrikladi. Tuman hokimi soha ilgʻorlarining bu yilgi mashaqqatli mehnatlari, erishgan natijalari va qoʻlga kiritgan yutuqlarini yuqori baholab, kelgusi yilda ham barcha qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻl hosil olishlariga tilakdosh boʻldi.

Maʼlumki, 2018-yil 26-iyun kungi Prezident qarori bilan “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari taʼsis etilgan edi. Amudaryolik 16 nafar fermerga “Ilgʻor fermer”, 5 nafar dehqonga “Mehnatkash dehqon”, 6 nafar tomorqa yer egasiga esa “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, uning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, xalqimizning rizq-roʻzi va farovonligini, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan amudaryolik fermerlar chindan ham bu kabi hurmat va eʼtiborga loyiqdir.

Ajratilgan yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazib berish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, ekin maydonlari unumdorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan dehqon xoʻjaliklari rahbarlari ham xalqimiz dasturxoni toʻkinligining sababchilaridan biridirlar.

Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, arzon va sifatli mahsulotlarni yetishtirish hamda ichki bozorni barqaror taʼminlash ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan, dehqonchilik madaniyati va sir-asrorlarini puxta egallagan ilgʻor tomorqa yer egalari esa barcha tomorqachilarga oʻrnakdir.

Birgina fermer xoʻjaliklari ishchi-xizmatchilarining fidokorona mehnatlari bilan yakunlanayotgan yilda tumanimiz boʻyicha 6000 gektar maydonga ekilgan gʻalladan 12 ming 832 tonna don, 13 ming 900 gektar paxta maydonidan 44 ming 844 tonna “oq oltin” hosili olindi.

Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirilgan minglab tonna gʻalla, sabzavot va poliz ekinlari, mevalar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorlarimiz toʻkinligi va ularda narx-navoning barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev zimmalaridagi mana shunday yuksak masʼuliyatli vazifalarni bajarishda boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan dehon-fermerlar va tomorqachilarga, qishloq xoʻjaligi sohasi fidoyilariga chuqur minnatdorlik bildirib, kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026