BEPUL UMUMIY TAʼLIM OLISh DAVLAT TOMONIDAN KAFOLATLANADI
Konstitutsiyaning 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb belgilab qoʻyilgan.
Mamlakatimizdagi har bir fuqaroning bepul umumiy taʼlim olishi qonuniy tarzda belgilab qoʻyilgani ertangi kun egalarining huquqiy manfaatlari kafolatidir. Shuningdek, maktablarda berilayotgan taʼlim va tarbiya sifati doimo davlat nazoratidadir.
Kuyuk koʻpir ovulidagi 14-sonli maktabning pedagoglari ushbu hayotiy haqiqatni toʻlaqonli oʻz ish faoliyatlariga tadbiq qilgan holda oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Mazkur maktab binosi 1970-yilda 120 oʻquvchi oʻrniga moʻljallab qurilgan boʻlib, undan koʻplab bilimli va isteʼdodli oʻquvchilar uchirma boʻlishgan.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida tumandagi 55-, 76- sonli maktablar qatorida 14-sonli maktab binosiga ham 180-oʻrinli qoʻshimcha bino qurilishi belgilandi.
Mazkur topshiriqning ijrosini taʼminlash maqsadida “Jumurtov tex taʼmir servis” MChJ tomonidan qiymati 2 mlrd. 360 mln. soʻm miqdoridagi qurilish ishlari olib borilib, toʻliq yakunlandi.
Bugungi kunda maktabda 3 nafar oliy, 6 nafar birinchi, hamda 10 nafar ikkinchi toifali oʻqituvchilar 294 nafar oʻquvchiga oʻzlaridagi bor bilim va koʻnikmalarni berib kelmoqdalar.
Mazkur maktabda darslar oʻzbek, qozoq tilida oʻqitiladi. Quvonarlisi, bir-biriga qon-qarindosh ikki elning farzandlari birgalikda ahil-inoq taʼlim oladilar.
Oʻquvchilar ustozlarining bergan bilimlarini, ishonchlarini oqlashga doimo harakat qilishadi. 2021-yilda qozoq tili fani boʻyicha oʻtkazilgan olimpiadada 10-sinf oʻquvchisi B.Reyimbayeva Oʻzbekiston Respublikasida faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Uning bu muvaffaqiyatidan nafaqat ustozlari, ota-onasi, sinfdoshlari balki, butun hamqishloqlari quvonishdi.
Maktab – bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning oʻzi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi lozim.
Fotima Eshimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶