Hokim va yoşlar uçraşuvida yoşlarning qiziqişlari, takliflari, muammolari örganildi
Zamonaviy bilim va könikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uçun javobgarlikni öz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvçan va serğayrat yoşlarni tarbiyalaş mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirişning eng muhim şartidir.
Sönggi yillarda yoşlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qiliş, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oşiriş borasida ulkan işlar amalga oşirildi.
Şu bilan birga, joylarda yoşlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini xal qilişga, yoş tadbirkorlarning istiqbolli ğoyalari va loyihalarini röyobga çiqarişga, şuningdek, şu asosda yoşlar bandligini taʼminlaşga ham alohida ahamiyat berilib bu saʼy-harakatlar özining ijobiy natijasini körsatmoqda.
Hududlarda yoşlar hayotida uçrayotgan muammolarni tizimli hal qiliş maqsadida muntazam ravişda ötkazilib kelinayotgan “Hokim va yoşlar uçraşuvi” ham ana şu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
22-dekabr kuni Qipçoq ovul fuqarolar yiğini binosida tuman hokimining yoşlar bilan navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailov hamada ovulning 30 ga yaqin faol yoşlari iştirok etişdi.
Tuman hokimi yoşlarga murojaat qilib, yakunlanayotgan yilda erişilgan muvaffaqiyatlar hamda 2023-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga doir istiqbolli rejalar xususida töxtalib ötdi.
Taʼkidlanganidek, yoşlarning biznes taşabbuslari, START-UPlari, ğoyalari va loyihalarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş va qöllab-quvvatlaş, band bölmagan yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassisliklar va biznes yuritiş könikmalariga öqitiş, umuman yoşlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşiriş borasidagi yangidan yangi rejalar amalga oşiriladi.
Uçraşuv davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan tuman hokimiga murojaat qilişdi.
Yoşlardan 1 nafari safarbarlik çaqiruv rezervi badalini tölaşda, Oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan talaba esa kontrakt tölovining 50 foizini tölaşda amaliy yordam sörab murojaat qilgan bölsa, yoşlardan yana bir nafari subsidiya asosida tikuv maşinasi berilişi böyiça amaliy yordam sörab murojaat qildi.
Yoşlarning murojaati şu yerning özida ijobiy hal qilindi.
Murojaat egalariga tez orada safarbarlik çaqiruv rezervi badali va kontrakt tölovi qoplab berilişi maʼlum qilindi. Bu böyiça Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailovga topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Uçraşuv yakunida tuman hokimi 2023-yilning “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilinişi yoşlar hayotida yangidan yangi sahifalar oçişini hamda taʼlim tizimida katta özgarişlar röy berişini aytib, yoşlarni bilim olişga, mehnat qilişga, öz ustida muntazam ravişda işlaşga çorladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶