28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:00
Siyosat 👁 353

TUMAN HOKIMI S.YOʻLDAShEV OLMAZOR MAHALLASI YoShLARI BILAN UChRAShDI

TUMAN HOKIMI S.YOʻLDAShEV OLMAZOR MAHALLASI YoShLARI BILAN UChRAShDI

Soʻnggi yillarda davlat idoralari bilan xalq oʻrtasidagi byurokratik toʻsiqlarga barham berilib, rahbarlarning xalq, ayniqsa, yoshlar bilan ochiq muloqotlari, dildan suhbat tarzidagi uchrashuvlari doimiy anʼanaga aylandi. Bu esa rahbarlar uchun xalq hayotiga oid muammolarni joyiga chiqib, batafsil oʻrganish va oʻz vaqtida zarur choralar koʻrish imkonini bermoqda.

Amudaryo tumanida ham “Hokim va yoshlar”, “Hokim xalq bilan muloqotda”, “Sektor rahbarlari muammolarni oʻrganadi”, “Xalq qabulxonasi – xalq xizmatida” mavzularida doimiy ravishda oʻtkazilayotgan ochiq muloqot koʻrinishidagi tadbirlarda aholining barcha qatlamlarini qamrab olinishiga erishilmoqda.

28-dekabr kuni Mangʻit shahrining Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida ham hudud yoshlari hayotiga doir yechimini kutayotgan muammolar oʻrganilib, yoshlar bilan samimiy muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, shuningdek, Olmazor mahallasi hududida istiqomat qiluvchi 30 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdilar.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev mamlakatimizda, shu jumladan tumanimizda yoshlarning bilim olish, kasb-hunar oʻrganishlari, shuningdek, ularning ish bilan bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, keng imkoniyatlar haqida batafsil toʻxtalib, yoshlarning ijtimoiy-maʼnaviy, iqtisodiy va madaniy hayotini tubdan yaxshilashga qaratilayotgan eʼtibor va bu borada tumanda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarda yoshlarning ishtiroki xususida soʻz yuritdi.

Uchrashuv davomida hudud yoshlarining murojaatlari ham tinglandi. Xususan, yoshlarning muqobil harbiy xizmat davri uchun shartnoma badallarini toʻlashda yordam berish toʻgʻrisidagi, eshitishda muammolari bor boʻlgan fuqaroning eshitish moslamasi olishda qiynalayotgani, oʻzini oʻzi band qilish tamoyili asosida tikuvchilik yoʻnalishida faoliyatini boshlashda qiynalayotgan fuqaroning tikuv mashinasi xarid qilish uchun subsidiya ajratish haqidagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj yana bir oilaning farzandini oʻqitishda qiynalayotgani, oʻqish uchun shartnoma pulini toʻlashda yordam soʻrab qilgan murojaatlari bilan hokim va masʼullar batafsil tanishdilar.

Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Ayrimlari tegishli tashkilotlar, xususan, bank va aholi bandligini taʼminlash, sogʻlikni saqlash boʻyicha hududiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijobiy hal etilishi uchun zarur chora-tadbirlar belgilanib, topshiriqlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda Amudaryo tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov yoshlar hayotiga oid muammolar yechimini topish va bu muammolarni tizimli ravishda hal etish bugungi kunda har bir rahbar xodimning zimmasidagi yuksak masʼuliyatli burchi ekanligini taʼkidlab, bu borada Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida soʻz yuritdi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi har qanday byurokratik toʻsiqlardan xoli, oshkora va samimiy muloqot muhitida oʻtganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026