YaNGI YIL MUXAMMASI
Yil aylandi azizlar, goho tinç, şov-şuv bilan,
Qaylardadir ğalayon, tala-töp, qutqu bilan.
Tinçlik armon kimgadir, ğam yutar qayğu bilan,
Uruş vahmidan töz-töz onalar “yo, huv!” bilan –
Allohdan kenglik sörab, keldilar orzu bilan...
Biz keldik, Vatan mehri yuraklarga band-u band,
Tenglik, hurlik şavqidan kökrakni tutib baland.
Ilm-u irfon, zakovat har dilga berib quvvat,
Uluğ orzu-niyatlar buyuk işlarga payvand –
Avlodlari barkamol va oqil, ğani bilan.
Ming bor şukur, Vatanda el aziz, inson aziz,
Bul ustuvor maqsadga ğubor inmagay hargiz.
Yer-u osmon osuda, osuda oşyon aziz,
Totuvlik neʼmatidan çaroğon har dam aziz –
Ulğaydi öğil-qizlar ERK degan tuyğu bilan.
Yangi yil ostonasi yorişib ketdi, qarang,
Bir yuz-u qirq millatning orzusiday rang-barang.
Şaʼn-u ğurur yuksalib, madhiya soçib jarang,
Vatan bayroğin öpib turgan Öğlonga qarang –
Jumlai jahon töldi özbaki yozuv bilan.
Söz aytdi Prezident, yuksak minbardan turib,
Va Yusuf xos Hojibdan hikmatlar durin terib.
Qayda zakovat bölsa, uluğlik izin körib.
Bilim, yana bilimni boşida baland tutib –
Yilimizga nom berdi eng teran mavzu bilan.
Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim sari,
Zalvorli qadamlardan el topgay mazmun, maʼni.
Buyuklikka poydevor Prezident maktablari,
Endi boşga kötargay Vatan muallimlarni –
Ilm yöllari aro uluğvor yoğdu bilan.
Yangi yil oqşomida barça böldi jam-ul jam,
Sport ahli, sanʼatkor, şoir-u davronlar ham.
Tadbirkor dehqon bir yon, qarang, bari xuşqadam,
Bir yonda ilmi tolib, dilda mehri mujassam –
Şaʼn, iftixor qorişdi Yangi yil bongi bilan.
Bezandi boşdin-oyoq ön ming qişloq, mahalla,
Qorbobosiga muştoq bolajon el bu palla.
Uylar çaroğon, porloq, yangrayotir kuy, yalla,
Sukunat tilga kirib, Qor qizin quçar dala –
Ajab! Zamin çulğandi kumuşrang parqu bilan.
Bunçalar suyuk Vatan, osoyişta har yoğing,
Ajdodlardan tabarruk mangu yoniq çiroğing.
Anov yovqur Öğloning elga qaytgan Şiroğing,
Balki u Jaloliddin yoki Temur siyoğing –
Dunyolarni lol etmiş şon-şuhrat, donği bilan.
Yangi yil! Misli Vatan – tört tomon Yangi böldi,
Yoğilib ajib ziyo – tonglar nurli tong böldi.
Köngillar köngillarga tutaşgan hur yöl böldi,
Robiya, xalqim endi bitta qalb-u qöl böldi –
Yangi Özbekistonning nurafşon tongi bilan!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶