28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:22
Fan va taʼlim 👁 312

HAR QANDAY DAVLATNING TARAQQIYoTINI TAʼLIM SIFATI BELGILAYDI

HAR QANDAY DAVLATNING TARAQQIYoTINI TAʼLIM SIFATI BELGILAYDI

Jonajon yurtimizda har bir fuqaro jinsi, irqi, millati, tili, dini, va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, taʼlim olish huquqiga egadir. Bu bosh Qomusimizda kafolatlab qoʻyilgan. Taʼlim tizimi yagona va uzluksiz boʻlib, ular biri-birini toʻldirib turadi.

Jumladan, taʼlimning poydevori boʻlgan maktabgacha taʼlim va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga xizmat qiladi.

Amudaryo tumanida 128 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlib, shundan 51 tasi davlat, 4 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda 73 tasi oilaviy nodavlat MTTlaridir.

Tumanda bolalarni maktabgacha taʼlim tizimiga qamrov darajasini yanada oshirish, maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan barpo etish, eskilarini rekonstruktsiya qilishga alohida ahamiyat berilmoqda. 2022-yil davomida 5 ta, yaʼni 8-, 18-, 33-, 44-, 47-sonli MTTlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

 Shuningdek, tadbirkorlarni jalb qilgan holda 11 ta oilaviy nodavlat MTTlari tashkil qilindi.

Tumanimizda 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar 16 841 nafar boʻlib, ularning 11 949 nafari, yaʼni 71 foizi MTTlarga qamrab olingan.

Yil yakuniga qadar investitsiya dasturi asosida Yuqori qishloq mahallasida rekonstruktsiya qilinayotgan 28-sonli MTT filialiga 120 nafar, Choykoʻl ovuli hududidagi hamda Oybek nomli mahalladagi oilaviy nodavlat MTTlarga 75 nafar bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan.

 2022-yil davomida tumanda maktabgacha taʼlimning uzviy davomi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlimni yuqori bosqichga olib chiqish, taʼlim sifatini yuksaltirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish, taʼmirtalab maktablarni rekonstruktsiya qilish borasida koʻplab samarali ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yil davomida investitsiya dasturi doirasida Qipchoq ovuli hududidagi 18-sonli maktab binosi, Chordara mahallasi hududidagi 36-sonli maktab binosi, Boy ovul mahallasi hududidagi 56-sonli maktab, binosi rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur yilda investitsiya dasturi doirasida 3 ta maktab qayta taʼmirlangan boʻlsa, Prezidentining 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida yana 3 ta maktab joriy taʼmirdan chiqarildi.

Shuningdek, “Obod qishloq” dasturi doirasida Ayoqchi mahallasi hududidagi 69-sonli maktab binosi mukammal taʼmirlandi.

2022-yilda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ish boshlashi quvonchli voqea boʻldi.  Ushbu taʼlim maskanida aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishlarida 16-sinfda 384 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda. Ularga oliy toifali, yuqori malakali 34 nafar pedagoglar taʼlim-tarbiya berishmoqda.

Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasbga oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlash masalasiga ham alohida eʼtibor berib kelinmoqda.

Bugungi kunda Qipchoq ovuli hududidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida 304 nafar oʻquvchi 11 ta kasb mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim-tarbiya olmoqdalar. 2021-2022-oʻquv yilida kasb-hunar maktabini 4 ta mutaxassislik boʻyicha 118 nafar oʻquvchilar bitkazishdi. Shundan 16 nafar oʻquvchi oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻldi. Qolgan oʻquvchilar oʻz kasbi boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻydilar.

Mangʻit shahrining Doʻstlik mahallasi hududidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida 424 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 24 nafar malakali oʻqituvchi va 13 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustalari taʼlim-tarbiya berib kelishmoqda.

Kasb-hunar maktabida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, yoʻl harakati qoidalari, payvandlovchi, gaz va suv tizimlarini taʼmirlash, tikuvchilik, elektrotexnika jihozlarini taʼmirlash, oshpaz va qandolatchilik, ustaxonalari mavjud boʻlib, oʻquvchi-yoshlar malakali ustozlaridan olgan bilim va koʻnikmalarini ustaxonalarda amaliyotda qoʻllab, oʻz tajribalarini oshirmoqdalar. Tumandagi umumtaʼlim va kasb-hunar maktablarida oʻquvchilarning bilim olishi, kasb-hunar egallashlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.

Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tizimidagi umumtaʼlim maktablarida 4064 nafar oʻqituvchi 38 476 nafar oʻquvchiga oʻzlarining bor bilimlarini berib kelishmoqda. Oʻqituvchilarning 185 nafari oliy, 642 nafari birinchi, 1239 nafari ikkinchi toifali hamda 1790 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislardir. Ustozlardan olingan bilim va koʻnikmalar asosida 2021-2022 oʻquv yilida 2 572 nafar bitiruvchining 589 nafari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishdi.

Taʼlimga berilayotgan eʼtibor natijasida tumandagi Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha milliy reytingda 200 ta  tuman ichida 110-oʻrinni, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha tumanlar ichida 5-oʻrinni egalladi. 

Maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini oshirish maqsadida tashkil qilingan “Barkamol avlod” bolalar maktabi ham samarali tarzda faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabga 1 668 nafar oʻquvchi qamrab olingan. Maktabda “Madaniyat va sanʼat”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy  tarbiya va  sport”, “Hunarmandchilik va qoʻl mexnati”, “Turizm va ekologiya” hamda “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishlari boʻyicha 66 toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Oʻquvchilar mazkur toʻgaraklarda maktabdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazmoqdalar.

Bugungi kunda koʻplab rivojlangan davlatlarning taraqqiyotini oʻsha mamlakat oʻquvchilariga berilayotgan taʼlim sifatiga bogʻlashadi. Yuqori saviyaga, sifatli bilimga ega boʻlgan insonlar jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oʻsishi, rivojlanishini taʼminlaydigan islohotlarni amalga oshirib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshadilar.

Tumanimizda yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan taʼlim sohasidagi samarali ishlar yuqoridagi ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

F.EShIMBETOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026