AMUDARYo TUMANI MADANIYaT BÖLIMINING YIL SARHISOBI BÖYIÇA YIĞILIŞ BÖLIB ÖTDI
Tuman Madaniyat bölimining 2022-yil davomidagi faoliyati yuzasidan hisobot va kelgusi yilgi rejalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
2023-yil 9-yanvar kuni bölib ötgan yiğilişga Amudaryo tumani Madaniyat bölimi mudiri Ikrom Siytimov raislik qildi. Yiğiliş kun tartibidagi birinçi masalaga köra, Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va saʼnat sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroridagi madaniyat va sanʼat sohasidagi isteʼdodli yoş ijodkorlarni izlab topiş va qöllab-quvvatlaş, 2022-2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi har bandining mazmun-mohiyati, maqsadi yoşlarni madaniyat va sanʼatga bölgan qiziqişini yanada oşiriş va estetik ruhda tarbiyalaşda uşbu sohada faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yanada faol va şijoat bilan mehnat qilişi kerakligi uqtirildi. Şuningdek, tumanda madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantiriş, uning jamiyat hayotidagi örni va taʼsirini oşiriş böyiça olib borilayotgan işlarni muhokama qilindi. Milliy madaniyatimizni rivojlantirişda sohani sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça tizimli islohotlarni amalga oşiriş lozimligi taʼkidlandi.
Yiğiliş kun tartibidagi ikkinçi masala yuzasidan I.Siytimov bugungi kundagi dolzarb mavzu bölgan korruptsiyaga qarşi kuraş böyiça ham maʼruza qildi. Korruptsiya xavfli jinoyat ekanligi, bu illatga qarşi kuraşiş barçaning işi bölişi zarurligini, bu böyiça aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş böyiça zarur tadbirlar, tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş lozimligini aytib ötdi. Har bir xodim öz vazifasini sidqidildan bajarişi noqonuniy illatlarga çek qöyişi odob-axloq qoidalariga rioya etib, madaniyatli şaxsga aylaniş davri kelganligini alohida gapirib ötdi.
Şundan keyin kasaba uyuşmasi boşlanğiç taşkiloti raisi N.Eşçanova sözga çiqib, ötgan yil davomidagi kasaba uyuşmasi tomonidan amalga oşirilgan işlar töğrisida gapirdi. Kasaba uyuşma aʼzolariga erişilgan yutuqlar, natijalar hisobotini berdi. Taşkilotda kasaba uyuşma juda köp ijobiy işlar yölga qöyilganligi, madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlari muntazam reja asosida ötkazilganligi, xodimlar va ularning farzandlarini soğlomlaştiriş işlari amalga oşirilganligini aytib ötdi. N.Eşçanova bölimdagi ijodiy faoliyatni yanada oşiriş maqsadida Madaniyat markazi Nizomida belgilangan bandlariga asosan uslubiy kengaş, badiiy kengaş, bölim kengaşi tarkibini tuziş böyiça taklif va tavsiya berdi. Bu xususda fikr-mulohazalar tinglandi hamda jamoa tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Yiğiliş davomida bölim hisobçisi S.Qöçqorovaning hisoboti tinglandi. Xöjalik işlari böyiça mudira G.Sultanova sözga çiqib, moddiy-texnik bazani boyitişdagi muhim masala hamda kelgusida qilinadigan işlar töğrisida öz fikrini bildirdi. Ijro intizomi böyiça D.Xolmurodova Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 23-noyabrdagi “Odob-axloq qoidalarini tasdiqlaş” töğrisidagi tegişli buyruğining ijrosini taʼminlaş yuzasidan maʼlumot berdi.
Undan taşqari, yiğilişda 2022-yil davomida eng yaxşi faoliyat körsatgan Qangli madaniyat markazi tuman Madaniyat bölimi rahbari tomonidan qimmatbaho sovğa bilan rağbatlantirildi. Qangli madaniyat markazi tögarak rahbarlariga Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etilgan milliy çolğular, musiqa darsliklari, tögaraklar faoliyati uslubiy qöllanmalari ham topşirildi. Işçi-xodimlar esa mehnat qiliş uçun qulay şart-şaroit yaratiş maqsadida zarur anjomlar bilan taʼminlandi.
Yiğiliş yakunida kun tartibidagi masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.
Nasiba Eşçanova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶