28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:59
Siyosat 👁 267

SAYYoR QABULDA UYShINLIKLARNING MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLARI OʻRGANILDI

SAYYoR QABULDA UYShINLIKLARNING MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLARI OʻRGANILDI

Uyshin mahallasida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashevning sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. 12-yanvar kuni mahalla fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov hamda fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari va 30 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.

Tadbirni Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov ochib berdi va xalq bilan yaqin boʻlish, muammolarini oʻrganib, yordam koʻrsatish maqsadida sayyor qabul va turli uchrashuvlar oʻtkazilayotganini, bu oʻzining ijobiy samarasini berayotganini aytib oʻtdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ham hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida soʻzlab, xalq orasida boʻlish, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash, muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etish, mahallabay tizimida ish yuritish kabilar Davlatimiz rahbari tomonidan tashkil etilgan sektorlar va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari zimmasidagi asosiy vazifa ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, Prezidentimizning “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan tumanimizning barcha hududlarida aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish va infratuzilmani rivojlantirish maqsadida pul mablagʻlari ajratilishi belgilanganligi, ajratilgan mablagʻlarni sektor hududidagi ovul va mahallalarda bosqichma-bosqich ichki yoʻllarni taʼmirlash, fuqarolar yigʻini maʼmuriy binolari va sport maydonchalarini yangidan qurish, elektr tarmoqlarini tortish kabilarga sarflash rejalashtirilganini aytib oʻtdi.

Qabul davomida soʻzga chiqqan mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi aholi turmushini yaxshilash, ayniqsa, yurtimiz kelajagi boʻlgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning orzu-maqsadlarini roʻyobga chiqarishlariga imkoniyat yaratishga doir masalalarga ham alohida eʼtibor qaratilayotganini gapirib, bu borada hududda bajarilgan amaliy ishlar xususida maʼlumot berib oʻtishdi.

Mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrish maqsadida oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolardan turli masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar asosan moddiy yordam, farzandining oliy taʼlimda oʻqishi uchun kontrakt puli, bola puli, kadastr hujjatlari, subsidiya asosida tikuv mashinasi berish, muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun badal pulini qoplashga koʻmaklashish kabi masalalarda boʻldi.

Murojaatlarga koʻra mahalla fuqarolari Adolat Tursunboyevaga oliy taʼlimda oʻqishi uchun kontrakt pulini toʻlashda, Nazira Sitboyevaga subsidiya asosida tikuv mashinasini olishda, Qahramon Hayitboyevga muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun badal pulini qoplashda koʻmaklashiladigan boʻldi. Murojaatlar ijrosini tuman hokimi oʻz nazoratiga oldi.

Sektor rahbari hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, kerakli choralarni koʻrish boʻyicha ham tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026