Tuman hokimining şaxsiy qabuli bölib ötdi
2023-yil 16-yanvar kuni tuman hokimligi binosida tuman hokimi S.Yöldaşevning şaxsiy qabuli bölib ötdi.
Qabulda 32 nafar fuqarolardan 34 ta murojaat kelib tuşdi.
Kelib tuşgan murojaatlar asosan moddiy yordam ajratiş, subsidiya asosida uy-joy oliş, işga joylaşişga kömaklaşiş, turar-joylarini taʼmirlaşga kömaklaşiş, kuz-qiş mavsumida kömir ajratib beriş, soğligini tiklaşga kömaklaşiş hamda davolanişlari uçun yöllanma beriş, dehqonçilik qiliş uçun yer maydoni ajratib beriş, mulk huquqini eʼtirof etiş hamda kommunal xizmat körsatişga oid masalalar xususida böldi.
Kelib tuşgan 34 ta murojaatning 8 tasi joyida ijobiy hal qilingan bölsa, 14 murojaat huquqiy maslahat beriş orqali hal qilindi. 7 ta murojaat egalariga tuşuntirişlar berildi. 5 ta murojaat körib çiqiş uçun nazoratga olindi.
Maʼlumot uçun, 2022-yilda tuman hokimining 47-marta şaxsiy qabullari ötkazilgan bölib, ularda 1549 nafar fuqaro qabul qilingan. Moddiy yordam sörab murojaat qilgan 46 nafar fuqaroga tuman hokimi tomonidan 12 670 000 söm moddiy yordam körsatilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶