DARYoBÖYI MAHALLASIDA HOKIM VA YoŞLAR UÇRAŞUVI SAMIMIY MULOQOT TARZIDA ÖTDI
Bugungi yoşlar – mamlakat iqtisodiyoti, siyosiy-maʼnaviy, ijtimoiy va madaniy hayotining ertangi kungi qudratli lokomativlaridir. Bu haqda Prezidentimiz har galgi uçraşuvlarida ham faxr, ham işonç bilan taʼkidlaşlari bejiz emas. Şu bois, mamlakatimizda yoşlarning bilim olişlari, öz qobiliyat va iqtidorlarini amalda namoyon etişlari uçun barça zarur şaroitlar, imkoniyatlar yaratilgan.
Mamlakat rahbaridan tortib, quyi böğin rahbarlarigaça yoşlar hayotiga oid muammolarni örganiş, mavjud muammolarni joylariga çiqqan holda ijobiy hal etişga kömaklaşiş maqsadida ötkazilayotgan yoşlar bilan uçraşuvlar, davra suhbatlari samimiy muloqot maydoniga aylanmoqda.
Joriy yilning 2-fevral sanasida bölib ötgan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev bilan Daryoböyi mahallasi yoşlarining uçraşuvi ham şaffoflik, oşkorolik va samimiy muloqot ruhida ötdi.
Hokim va yoşlar uçraşuvida Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman hokimning sohalar böyiça örinbosarlari, Yoşlar agentligi mutaxassislari, Daryoböyi mahalla fuqarolar yiğini hamda hududdagi idora va taşkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda yoşlar, OAV vakillari iştirok etdilar.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev mamlakatimizda, şu jumladan tumanimizda yoşlarning intillektual salohiyatini yuksaltiriş, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş orqali iş bilan bandligini taʼminlaş, «bir nuroniyga ön yoş» tamoyili asosida yoşlar hayotiga doir muammolarni hal etişga qaratilgan çora-tadbirlar, yaratilayotgan şart-şaroitlar xususida töxtalib, Arna böyi mahallasi hududida istiqomat qiluvçi yoşlar orasidan yetişib çiqayotgan tadbirkorlar, fermer xöjaliklari rahbarlari, nufuzli oliy taʼlim dargohlari talabalari haqida faxrlanib söz yuritdi.
Hokim yoşlar bilan uçraşuv davomida hududdagi muammoli yoşlarning murojaatlari bilan yaqindan tanişib, ular bilan samimiy muloqotda böldi. Xususan, 1995-yilda tuğilgan Sirojiddin Ametov özini-özi band qiliş tamoyili asosida tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagida ekanligini bildirib, buning uçun imtiyozli kredit mablaği olişda yordam sörab murojaat qildi. Uning murojaati joyida örganilib, mahallada faoliyat olib boruvçi hokim yordamçisining kömagi bilan amaliy yordam körsatiş çoralari körildi.
Şuningdek, 2002-yilda tuğilgan Ruslan Alimboyevning murojaati ham ijobiy yeçim topdi. OTM talabasi bölgan Ruslan Alimboyevga tölov-şartnoma böyiça mablağining bir qismini tölab berişda amaliy yordam körsatiladigan böldi.
Mahallada istiqomat qiluvçi, 1995-yilda tuğilgan Islom Örozboyevning toza içimlik suvi inşooti joylaşgan hududdan ança olisda yaşaşini, şu bois, oila aʼzolarining toza içimlik suvi bilan taʼminlanişida muammo borligini, bu masalada yordamga muhtoj ekanligini bildirib qilgan murojaati ham tuman hokimining topşiriği va mahallada faoliyat olib boruvçi hokim yordamçisining amaliy yordami bilan suvni tozalaş uskunasi olib beriş orqali ijobiy hal etildi.
Daryoböyi mahalla fuqarolar yiğinida bölib ötgan hokim va yoşlar uçraşuvi davomida mahalla yoşlari mamlakatimizda, xususan, tumanimizda ham yoşlar hayotiga oid muammoli masalalar doimiy nazoratga olinib, ijobiy yeçim topayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶