TÖLQIN OVULIDA "QIŞLOQ XÖJALIGI XODIMLARI SALOMATLIGI OYLIGI" DOIRASIDA TIBBIY KÖRIK TAŞKIL ETILDI
Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan mamlakatimizda 1-fevraldan 1-martgaça “Qişloq xöjaligi xodimlari salomatligi oyligi” aktsiyasi joriy etilib, hududlarda oylik doirasidagi tadbirlar boşlab yuborildi. Amudaryo tumanida ham aktsiya doirasida oylik davomida turli tadbirlarni taşkil etiş rejalaştirildi.
4-fevral kuni Tölqin ovulida aktsiya doirasida hududdagi fermerlar, dehqon, boğbonlar, klaster xodimlari va ularning oila aʼzolari uçun tibbiy körik ötkazildi. Şu kuni erta tongdan tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Tulkin oilaviy şifokorlik punkti binosi fermer xöjaligi işçilari va boşqa agrar soha vakillari, ularning oila aʼzolari bilan gavjum böldi.
Mazkur tibbiyot maskanida tuman Tibbiyot birlaşmasining kardiolog, akuşer-ginekolog, endokrinolog, ultratovuş tekşiruvi kabi mutaxassis-şifokorlari hamda oilaviy şifokorlar iştirokidagi tibbiy körik boşlab yuborildi. Ovuldagi qişloq xöjaligi xodimlari EKG, laborator tekşiruvlari, profilaktik va çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar hamda skriningdan ötkazildi.
Tibbiy körik jarayonida kardiolog şifokor tomonidan 25 nafar fuqaroda, endokrinolog şifokor tomonidan 35 nafar fuqaroda kasalliklar aniqlandi. Şundan 7 nafariga birlamçi kasallik taşxisi qöyildi. Akuşer-ginekolog körigidan 50 nafar tuğiş yoşidagi ayollar körikdan ötkazildi, bolalar şifokori tomonidan 1 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 51 nafar bolalar körilib, 3 nafarida kasallik aniqlandi. Ularga salomatligini tiklaş, soğlomlaştiriş va salomatligini mustahkamlaş maqsadida ambulator va statsionar davolaniş muolajalari tavsiya qilindi. Şuningdek, qöşimça 103 nafar fuqaro ultratovuş tekşiruvi, 25 nafari EKG tekşiruvlaridan ötkazildi.
Aktsiya doirasida tibbiy körikka taşrif buyurgan ovul fermerlari, dehqon va boğbonlar, klaster xodimlari va ularning oila aʼzolariga tuman Tibbiyot birlaşmasi valeolog şifokori, ovuldagi oilaviy şifokorlik punkti şifokorlari, patronaj hamşiralar tomonidan tibbiy körikdan ötişning ahamiyati töğrisida keng tuşunçalar berildi. Şuningdek, tibbiyot xodimlari kun tartibiga amal qiliş, soğlom turmuş tarzi, soğlom ovqatlaniş, soğlom turmuş asosi bölgan jismoniy faollikni odatga aylantiriş kabilarning salomatlikni asraşdagi ahamiyati töğrisida batafsil maʼlumotlar berib ötişdi.
Undan taşqari, suhbatlar ötkazilib, iştirokçilarning tibbiyotga, kasalliklarning oldini olişga doir savollariga töliq javoblar berildi. Tibbiyot xodimlari tomonidan mavsumiy va yuqumli kasalliklarning oldini oliş, soğlom turmuş tarziga rioya qiliş kabi mavzulardagi bukletlar, eslatmalar ham tarqatildi. Tadbirda namoyiş etilgan videoroliklar orqali ham öz soğligiga eʼtiborsiz böliş, soğlom turmuş tarziga amal qilmaslik, kamharakatlilik va tartibsiz ovqatlaniş, sifatsiz yarim tayyor mahsulotlarni isteʼmol qiliş hamda zararli odatlarga berilişning salbiy oqibatlari körsatib berildi.
Ovuldagi qişloq xöjaligi mehnatkaşlari özlarining salomatliklarini asraşga qaratilgan bunday eʼtibor va ğamxörlik uçun tibbiyot xodimlariga öz minnatdorçiliklarini bildirişdi.
J. Yavkaşev, tuman TTB taşkiliy-uslubiy bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶