TOMORQA – YuQORI DAROMAD MANBAI
Bugun dunyo böylab aholi soni yuqori surʼatlarda ösib bormoqda. Bu öz navbatida aholining isteʼmol tovarlariga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabining ham ösişiga olib kelmoqda. Bu muammo dunyoning barça mamlakatlari oldiga aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş masalasini ustuvor vazifa qilib qöymoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, qişloq xöjaligining barça jabhalarida qölga kiritilayotgan bugungi zalvorli yutuqlar Prezidentimiz Islom Karimovning rahnamoligida mustaqillikning dastlabki yillaridanoq bosqiçma-bosqiç amalga oşirib kelinayotgan keng kölamli islohotlar mahsulidir.
Lekin, aholi ixtiyoridagi tomorqa yerlari xususida gapirganda, tan oliş kerakki, ona zaminning bizga bergan imkoniyatlaridan hamma ham birdek foydalana olmayapti. Baʼzi bir joylarda kattagina maydonni taşkil etuvçi tomorqalar yil böyi böş tursa, yana bir tomorqa egalari yerdan kam hosil olmoqdalar. Ayrim xonadonlarda ekin yerlaridan maqsadsiz foydalaniş hollari köp uçraydi. Oddiygina misol, qişloq joylarda tandir uçun 2,25 metr kvadrat ölçamda joy kifoya qiladi, lekin köpçilik xonadonlarda bunga keragidan 2-3 barobar köproq joy taşlab ketiladi. Şu yerning özida qança yer foydalanilmay böş yotadi.
Yaxşi mehnat qilinsa, tomorqalar va yer uçastkalaridan yanada samaraliroq foydalanib, olinayotgan hosil va daromadlarni 2-3-martagaça oşiriş mumkin. Çunki, bizning iqlim şaroitimiz yil davomida dehqonçilik qiliş imkonini beradi. Şuning uçun hozirda bu masalaga hukumat darajasida eʼtibor qaratilayapti.
Bugungi kunda tomorqaçilikning rivojlanişi odamlarning yaxşi turmuş keçirişi, qöşimça daromad oliş, oziq-ovqat möl-kölçiligiga erişiş, oilalarning moddiy taʼminotini yaxşilaş va aholi bandligini taʼminlaşda katta ahamiyat kasb etadi. Agar har bir oila öz tomorqasidan unumli foydalansa, qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan özini-özi töla taʼminlaydi. Natijada uni bozordan sotib olişga ketadigan mablağni boşqa ehtiyojlariga işlatiş mumkin. Qolaversa, öz ehtiyojidan ortib qolgan mahsulotni bozorga çiqargan oilaning moddiy ahvoli yanada yaxşilanadi.
Xöş, tomorqadan yuqori hosil olişga qanday erişiş mumkin?
Tomorqadan yuqori daromad oliş uçun avvalo, oktyabr, noyabr va dekabr oyining birinçi yarmida yerga işlov beriş, şudgor qiliş lozim. Çunki, aynan şu davrda barça turdagi ösimliklarda ösiş va rivojlaniş jarayoni yakunlanib, barglari hamda boşqa vegetativ massalari tuproq yuzasida töplanadi. Şu bois bu paytda yer ağdarilib, işlov berilsa, yuqorida aytilgan organik qoldiqlar tuproqqa aralaşib, tuproq strukturasi va unumdorligini oşiradi. Bunday yerlarda dehqonçilik qilinganda hosil möl, mahsulot sifatli böladi.
Tomorqalar va yer uçastkalari kiçik maydonlardan iborat bölganligi sababli barça agrotexnik tadbirlar asosan qöl kuçi bilan bajariladi. Buning yaxşi tomoni - ekinlarga sifatli işlov beriş imkoni yuzaga keladi va şunga yaraşa olinadigan hosil ham yuqori böladi.
Tomorqadan yaxşi daromad köriş haqida gap ketar ekan, avvalo, sifatli uruğ tanlaş va tayyorlaşni yölga qöyiş lozim. Bu - qiyin iş emas.
Birinçi navbatda, uruğlik uçun olingan ekin meʼyorida pişib yetilgan bölişi
kerak. Şuningdek, uruğlik maʼlum vaqt mobaynida saqlanib, tinim davrini ötkazişi zarurligi ham ilmiy va amaliy jihatdan töla asoslangan. Bu jarayon uruğ sifatini oşiradi.
Bizning şaroitimizdagi yerlar suğoriladigan yerlardir. Buning öziga xos yaxşi tomoni - suğoriladigan yerlarda tomorqa egalari yil mobaynida dehqonçilik qilişlari mumkin. Tabiiyki, şunga yaraşa ularning oladigan hosili ham, topadigan daromadi ham yuqori böladi. Masalan, 15 sotix yer egasi heç bölmaganda öşa maydonning 7-8 sotixida kuzgi buğdoy yetiştirsa, ham donga, ham boqayotgan çorvasi uçun ança somonga ega böladi. Buğdoy örniga takroriy ekin sifatida makkajöxori, kunjut, tarvuz, tariq, moş yoki boşqa biror bir sabzavot, poliz ekinlari yetiştirib, ulardan ham möl hosil yetiştirişi mumkin.
Köpgina maydonlar kuzda ekindan böşaydi. Asosiy ösimlik turlari ham ana şu davrgaça parvarişlanib, hosili yiğiştirib olinadi. Şu bilan yer, agar qişlovçi ekinlar ekilmagan bölsa, erta bahorgaça foydalanilmay yotadi. Qişda ham ekin maydonlaridan samarali foydalanib, yaxşigina daromad oliş mumkin. Xususan, kuzda hosildan böşagan yerlarda sovuqqa çidamli javdar, suli va boşqa ösimliklar ekib, çorva mollari uçun yem-xaşak yetiştiriş barobarida tuproq unumdorligini ham oşirib olişga erişiladi. Şunday qilinsa, keyingi yetiştiriladigan ekinlardan ham kutilganidek hosil oliş bilan birga, çorvaning qişlovdan söng - ayni servitamin ozuqaga muhtojlik davrida kökat massali zarur xaşak manbaini şakllantirgan bölamiz. Bunday ekinlarni ekiş texnologiyasi ham oddiy. Yerning yuzasi yengil yumşatilib yoki uruğ oldin sepilib, keyin ustidan borona qilinadi. Yoğingarçilik va tuproq namligi yetarliça bölganda suğoriş şart emas. Faqat erta bahorda gektariga 50-60 kilogramm sof modda hisobida azotli öğit berilsa bas.
Albatta, bu misollar tomorqadan foydalanişning oddiy usuli. Muhimi, tomorqa maydonlarida ekinlar qança köp yetiştirilsa, ularning ildizlari va ildiz ajratmalari ham şunça köp töplanib, yerning unumdorlik darajasi ham, yer egasining daromadi ham muttasil oşib boradi.
Meva-sabzavotçilik va uzumçilik sohasiga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Uzumçilik qişloq odamlariga qöşimça daromad keltiradigan soha. Yaxşi parvarişlansa, har tup tokdan 20-30 kilogrammdan hosil yetiştirib oliş mumkin. Şuningdek, bu mahsulotni qimmatbaho tovarga aylantirişning usullari köp. Masalan, uzumdan şarbat, kompot, murabbo tayyorlaş yoki bölmasa uni quritib şirin-şakar mayizga aylantiriş mumkin. Meva-sabzavotçilik va uzumçilik bilan şuğullangan xonadon nafaqat daromadini oşirişi, balki oila aʼzolari ratsional ovqatlanişiga erişib, ularning salomatligi mustahkamlanadi. Albatta, bularning barçasiga ozgina hafsala va intiliş bölsa, bas.
Xulosa örnida raqamlarga eʼtiboringizni qaratmoqçiman: mutaxassislarning qayd etişiça, insonning normal ovqatlanişi uçun har bir kişiga örtaça yillik 113 kilogramm sabzavot, 50,4 kilogramm kartoşka, 19,3 kilogramm poliz, 21,3 kilogramm meva va uzum, 40 kilogramm göşt, 140 litr sut, 121 dona tuxum, 0,8 kilogramm asal va boşqalar talab qilinar ekan.
Körib turibsizki, bu mahsulotlarning aksariyat qismi tomorqada yetiştiriladi. Demak, har bir oila xonadoni oldidagi tomorqadan unumli foydalansa, avvalo öşa oilaning dasturxoni tökin, unda ösayotgan avlod jismonan soğlom böladi, oilaning iqtisodiy ahvoli ham yaxşilanib, turmuşi farovon böladi. Qolaversa, tomorqada mehnat qiliş oila aʼzolarining özaro ahilligiga, mehr-oqibatli bölişiga, şu orqali oilalar mustahkamligiga zamin yaratadi.
R.YÖLDOŞEV,
Amudaryo tumani hokimi, iqtisod fanlari nomzodi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶