TIL VA DIL QUDRATI
Maʼrifat va madaniyat jilvakori, adabiyot çöqqisining porlagan yulduzi Nizomiddin Mir Alişer Navoiy 1441-yili 9-fevralda Hirot şahrida dunyoga keldi. Taqdir Alişer Navoiyni zamonaning uluğ va şarafli kişilariga yaqin qildi.
Alişer Navoiy 28 yoşida ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni egallab, Temuriylar saroyida katta lavozimlarda iş olib bordi. Navoiy ikki tilda ijod qildi. U turkiy tildagi ijodiga “Navoiy”, forsiy tildagi ijodiga esa “Foniy” taxallusini qölladi. Alişer Navoiy umrining oxirgi yillarida yaratgan “Mahbubul-qulub” (“Köngillarning sevgani”) risolasida ijtimoiy-falsafiy, axloqiy ğoyalar töliq ifodalangan bölib, XV asrda mavjud bölgan barça ijtimoiy toifalar mohiyati mufassal oçib berilgan. U “Mahbubul-qulub” asarida mansabdor şaxslarning psixologik olami haqida fikr yuritadi.
Navoiy öz ijodi bilan özbek adabiyotining rivojini belgilabgina qolmay, butun turkiy xalqlarning madaniyatiga, taraqqiyotiga juda katta taʼsir körsatdi. Alişer Navoiy ijodini örganiş, uning ilmiy tahlili böyiça sönggi yillarda olib borilayotgan keng kölamli işlar, yoş ijodkorlar ğayratiga-ğayrat bağişlamoqda.
Navoiy nomini abadiylaştiriş maqsadidagi salmoqli işlar esa hamon davom etib, butun jahon miqyosida olib borilmoqda.
Xursand Maʼrifatov, 38-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶