SAYYoR SUD MAJLISIDA TUZALIŞ YÖLIGA ÖTGAN MAHKUMLARGA YeNGILLIK BERILDI
Sönggi yillarda mamlakatimizda barça sohalarda bölgani kabi sud tizimida ham ulkan islohotlar amalga oşirilmoqda va bu jarayon şubhasiz, öz samaralarini bermoqda. Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan ham sohaga oid Qonun va qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan sudlar oldidagi vazifalarni oğişmay amalga oşirişga qaratilgan tizimli işlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 9-fevral kuni Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan Döstlik mahalla fuqarolar yiğini binosida ötkazilgan sayyor sud yiğilişida ham mamlakatimizning amaldagi qonunlari barça uçun baravar va uni buzgan har qanday şaxs, u kim bölişidan qatʼiy nazar, qonunda belgilangan jazosini oliş muqarrarligi, şu bilan birga tuzaliş yöliga ötgan mahkumlarga yengillik berilişi alohida taʼkidlandi.
Yiğilişda Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi Asqar Safarov, Amudaryo tuman prokurorining yordamçisi Abbaz Niyozimbetov, tuman Içki işlar bölimi Probatsiya guruhi katta inspektori, katta leytenant Ruslan Iskandarovlar qatnaşdilar.
Sayyor sudda, Amudaryo tumani Içki işlar bölimi Probatsiya guruhida tuzaliş yöliga ötgan 5 nafar mahkumlarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar körib çiqildi.
Unga köra, Amudaryo tumani Qum-yop mahallasida yaşovçi fuqaro, Jinoyat işlari böyiça Qanliköl tuman sudining 2019-yil 22-noyabr kungi hukmi böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. 5-iyun 2021-yilda Jinoyat işlari böyiça Yuqoriçirçiq tuman sudining ajrimi bilan Jinoyat Kodeksining 74-moddasiga asosan ötalmagan 4-yil 5 oy 17 kun jazo muddatini 20 foiz ahloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.
U Amudaryo tumani IIBda 2021-yilning 1-avgustidan hisobga olingan va 2021-yil 1-avgust kunidan buyon Amudaryo tumanida faoliyat yurituvçi korxonalardan biriga işga qabul qilinib, xozirgi kunga qadar işçi bölib işlab kelmoqda. Mahkum jazoni ötaş tartib va qoidalariga töliq amal qilgan holda axloq tuzatiş işlari jazosining uçdan bir qismini ötagan, ötalmagan jazo muddati 2-yil 1 oy 17 kunni taşkil qiladi.
Şu bois, mahkumning ahloq tuzatiş işlari jazosining ötalmagan qismi böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş masalasini körib çiqiş uçun sudga taqdimnoma kiritilgan.
Şuningdek, Amudaryo tumani Uyşin mahallasida yaşovçi yanv bir yurtdoşimizga Jinoyat işlari böyiça Möynoq tuman sudininng hukmi bilan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b" bandi va 228-moddasi 1-qismi bilan 3-yil muddatga işlagan iş haqining 10 foizini uşlab qoliş orqali ahloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan va Amudaryo tumani IIBda 2022-yil sentyabr oyida hisobga olingan.
U 2022-yil 30-sentyabr kunidan buyon Amudaryo tumanidagi dehqon xöjaligida işçi bölib işlab kelmoqda. Mahkum jazoni ötaş tartib va qoidalariga töliq amal qilib, belgilangan jazo muddatining 1-yil 6 oy qismini ötagan, ötalmagan jazo muddati 1-yil 6 oyni taşkil qiladi. Şu bois, uning ahloq tuzatiş işlari jazosining ötalmagan qismi uçun Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasi qöllanilib, muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş masalasini körib çiqiş uçun sudga taqdimnoma kiritilgan.
Bundan taşqari, sayyor sud majlisida yana 3 nafar şaxslarni muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş masalasini körib çiqiş uçun sudga taqdimnomalar kiritilgan.
Sayyor sud majlisida uşbu taqdimnomalar atrofliça muhokama etildi va jazoni ötaş tartib-qoidalariga amal qilib, sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajargan hamda mehnatga halol munosabatda bölganligi uçun 5 nafar mahkum Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindilar.
Asqar SAFAROV, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.
Ruslan ISKANDAROV, Amudaryo tumani IIB Probatsiya guruhi katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶