Intensiv boğlarni yanada köpaytiriş böyiça seminar bölib ötdi
Keyingi yillarda mamlakatimizda yangi boğlar taşkil etişda intensiv, tez hosilga kiruvçi pakana va yarim pakana payvandtaglarga ulangan mevali daraxt köçatlari ekilişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo tumanida jami 971,7 gektar maydonda mevali boğlar mavjud bölib, şundan 563,3 gektar maydondagisi oldindan mavjud boğlardir. Sönggi yillarda fermer xöjaliklari va aholi tomonidan boğ yaratiş işlari yuqori surʼatda ösişi natijasida tumanning 408,4 gektar maydonida yangi boğlar taşkil etilişiga erişildi. Galdagi vazifa – mahalliy boğlardan intensiv boğ yaratişga ötişdir.
16-fevral kuni tuman hokimligining majlislar zalida bölib ötgan seminar ham ayni şu masalaga bağişlandi.
Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman hokimining qişloq va suv höjaligi masalalari böyiçi örinbosari Murod Yerjanov, “BENE FRUITS” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Aydin Lal, jamiyatning iş boşqaruvçisi Azamat Qurbonov hamda tuman Fermer, dehqon xöjaligi va tomorqa yer egalari Kengaşi aʼzolari hamda boğdorçilik bilan şuğullanuvçi qişloq xöjaligi korxonalari rahbarlari iştirok etişdi.
Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev intensiv boğlarning sonini köpaytiriş lozimligini, mazkur turdagi boğlarning afzalligini yiğilganlarga batafsil tuşuntirib ötdi.
Tuman hokimi örinbosari Murod Yerjanov joriy 2023-yilning bahor-kuz oylarida fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalarida jami 200 gektar maydonlarga mevali boğ hamda 20 gektar maydonda yangidan uzumzorlar taşkil etiş maqsadida 167 ming dona mevali va 24,5 ming dona uzum köçatlarini ekiş rejalaştirilganligini aytib ötdi.
Şundan söng, Xorazm viloyatidagi “BENE FRUITS” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Aydin Lal invintro laboratoriyalarida yetiştirilayotgan intensiv köçatlarni tanlaş va ekiş böyiça boğbonlar hamda fermerlarga tafsiyalar berib ötdi.
Qayd etib ötilganidek, intensiv boğlarda daraxtlarning tanasi kiçik bölganligi uçun ular bilan işlaş juda qulay. Yaʼni, ularni suğoriş, kesiş, şakl beriş, mevalarini teriş boğbonga aslo qiyinçilik tuğdirmaydi. Yana bunday boğlarda daraxt tanasiga yoruğlik tuşişi, havo aylanişi yaxşi bölganligi uçun mevasining sifati yuqori böladi.
Taʼkidlanganidek, oddiy olmali boğning bir gektaridan 10-20 tonnagaça hosil yetiştiriş mumkin. Pakana va yarim pakana daraxtlardan esa 50-80 tonnagaça hosil olsa böladi. Intensiv boğlarda asosan olma köçatlari ekilişining boisi olma daraxtining köçatlari tez hosilga kiradi, gektariga köçat soni qalin ekilişi sababli hosildorlik yuqori böladi. Bunda ekilayotgan olma navlari payvandtagga payvand qilinib, köçatzorlarda köpaytirilib, ekiladi.
Intensiv mevali boğlarda ekilayotgan olma köçatlarining asosiy navlari Davlat reyestriga kiritilgan “Golden”, “Delişes”, “Starkrimson”, “Renet”, Simirenko” va boşqalardir.
Şu örinda aytiş lozimki, intensiv boğlar köpayib, hosildorligi yildan-yilga ortib borayotgani aholini yil davomida sarxil mevalar bilan taʼminlaş imkonini beradi. Qolaversa, tadbirkorlar va fermerlar mevani qayta işlab, ulardan şarbatlar, murabbolar tayyorlab, xalqimiz dasturxoniga yetkazib bermoqda.
Yunusbek Otajonov, tuman boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶