ÖSIMLIKLARNI ZARARKUNANDALARDAN HIMOYa QILIŞ MASALALARGA DOIR SEMINAR TAŞKIL ETILDI
Toş yop ovuli hududidagi “Mang’it invest plyus” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli issiqxonada Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining Amudaryo tumani bölimi tomonidan issiqxonalarda yetiştirilayotgan sabzavot va ösimliklarni har xil zararkunandalardan himoya qiliş masalalariga bağişlangan seminar taşkil etildi.
20-fevral kuni bölib ötgan mazkur seminar yiğilişida Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman bölimi boşliği Komil Bobojonov, Bölimning kasalliklar, zararkunandalar, haşoratlar va begona ötlar tarqalişini prognoz qiliş böyiça yetakçi mutaxassisi Nodirbek Örozov, inspektor Murod Ibragimov, “Mang’it invest plyus” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Jalğas Boymurodov, agronom-entomologlar hamda tegişli mutaxassislar qatnaşişdi.
Yiğiliş kun tartibida “Ösimliklar karantini töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining 2023-yil 27-yanvar kungi tegişli buyruği ijrosini taʼminlaş hamda 26-yanvardan 20-fevralga qadar bölgan muddat oraliğida ötkazilgan “Dolzarb ön beş kunlik” tadbiri töğrisidagi masala körildi.
Yiğilişni Ösimliklar karantini va himoya agentligi tuman bölim boşliği Komil Bobojonov oçdi va olib bordi.
Taʼkidlanganidek, “Dolzarb ön beş kunlik” tadbiri davomida tsitrus muvalar va pomidor ekinlarining aşaddiy zararkunandasi bölgan “tsitrus oqqanoti”, “tsitrus inli kuyasi”, “pomidor kuyasi” kabi zararkunadalar hamda “pomidorning jigarrang bujmayiş virusi”ini aniqlaş, nazorat qiliş hamda ularga qarşi keng qamrovli ommaviy kuraşiş işlari va jamoatçilik örtasida ularning kelib çiqişi, zararli oqibatlari haqida keng tarğibot-taşviqot işlari taşkil etilgan.
Samarali taşkil etilgan “Dolzarb ön beş kunlik” davomida keng jamoatçilik örtasida tsitrus va pomidor ekinlarining aşaddiy zararkunandasi bölgan “tsitrus oqqanoti”, “tsitrus inli kuyasi", “pomidor kuyasi” kabi zararkunandalar hamda “pomidorning jigarrang bujmayiş virusi”ini aniqlaşga doir yöl-yöriqlar, tavsiyalar berib borilgan.
Yiğilişda mutaxassislar tomonidan oylik davomida tsitrus va meva-sabzovot ekinlari ekilgan maydonlarda zararkunanda va kasalliklarga qarşi fitosanitar çoralar amalga oşirilganligi aytib ötildi. Har bir nazorat olib borilgan hududlardagi fermer va dehqon xöjaliklarining hamda tomorqalardagi issiqxonalarda ekilgan tsitrus mevalar va sabzavot ekinlari maydonlari töliq xatlovdan ötkazilgani, maydoni böyiça alohida hisobotlar yuritilgani töğrisida maʼlumotlar berildi.
Yiğiliş yakunida hududlarda amalga oşirilgan işlar va “Dolzarb ön beş kunlik” yakunlari böyiça tegişli manzillarga hisobotlarni öz muddatida taqdim etiş, şuningdek, ösimliklar zararkunandasi va kasalliklarga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlarni muntazam ravişda amalga oşirib boriş, davom ettiriş kerakligi taʼkidlandi. Bu böyiça muhim körsatmalar, topşiriqlar berildi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
Jurʼatbek Otajonov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman bölimining AKT böyiça mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶