PARAZITAR KASALLIKLARDAN HIMOYaLANIŞ BÖYIÇA ÖQUV-SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Özbekiston Respublikasi hududiga karantinli, öta xavfli va boşqa yuqumli kasalliklarning çetdan kirib kelişi va tarqalişidan muhofaza qiliş, ayniqsa, parazitar kasalliklarga qarşi kuraşiş, aholi örtasida bu borada keng tuşuntiriş işlarini olib boriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi buyruğiga köra, ayni kunlarda tumanlardagi dezinstruktor va dezinspektorlarning bilim saviyasini oşirişda öçoqli dezinfektsiya, dezinsektsiya, deratizatsiya işlarini ötkaziş böyiça öquv-seminarlari taşkillaştirilmoqda.
Ana şunday öquv-seminari Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat va salomatligi bölimida ham ötkazilib, unda “Aholining sanitariya-epidemilogik osoyiştaligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni hamda sohaga oid bir qator Prezident Farmon va Qarorlari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi “Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlarida çegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini taşkil etiş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaşga qaratilgan dolzarb vazifalar xususida Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi boşqarmasi mutaxassislari tomonidan qiziqarli maʼruzalar öqildi.
Soha mutaxassislari, Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat va salomatligi bölimi dezinstruktorlari va dezinfektorlari, aholi vakillari iştirokida ötkazilgan seminar öquv maşğulotlarida dezinfektor va dezinstruktorlarning eng muhim vazifalari töğrisida masʼullar tomonidan atrofliça tuşunçalar berildi. Xususan, yuqumli kasalliklar öçoğida ötkaziladigan zararsizlantiriş böyiça çora-tadbirlar, bezgak va leyşmanioz kasalligini taşuvçi va tarqatuvçilarga qarşi kuraşiş, dezinfektsiya vositalarining işçi eritmasini tayyorlaş böyiça işlar amalda körsatib berildi.
Şuningdek, dezinfektsiya vositalarining işçi eritmasini tayyorlaş jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etiş, bir marta foydalaniladigan himoya niqoblaridan töğri foydalaniş yuzasidan tuşunça va tavsiyalar berildi. Bundan taşqari, parazitar kasalliklarga qarşi kuraş çoralarini qöllaşda, ayniqsa, kasallikni öçoğida bartaraf etişda eʼtibor qaratilişi lozim bölgan asosiy vazifalar böyiça mutaxassislar tomonidan tegişli maʼlumotlar berildi.
Öquv-seminari davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barça savollarga mutaxassislar tegişliça javoblar beriş bilan birga iştirokçilarning xohiş-istagiga köra, maboda, parazitar kasallik paydo bölganida eng avval qanday himoya çoralarini qöllaş zarurligini amalda körsatib berdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶