28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:58
Adabiyot 👁 392

AMUDARYo AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI BILAN HAMKORLIKDA “YoSh KITOBXONLAR” UChRAShUVI OʻTKAZILDI

AMUDARYo AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI BILAN HAMKORLIKDA “YoSh KITOBXONLAR” UChRAShUVI OʻTKAZILDI

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish, kitobxon yoshlarni tengdoshlariga oʻrnak qilib koʻrsatish orqali boshqalarni ham kitob oʻqishga daʼvat qilish maqsadida joriy yilning 16-mart sanasida Amudaryo tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda Amudaryo televideniyesining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi doirasida yosh kitobxonlar bilan uchrashuv tadbiri oʻtkazildi.

Uchrashuv tadbirida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, loyiha koordinatori Robiya Yoʻldosheva, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maʼsul kotibi Ozoda Xudoyberganova hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Barno Samandarova, Amudaryo muhandislik texnikumi talabalari va kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.

“Yosh kitobxonlar” uchrashuvida Axborot-kutubxona markazining bibliografiya xizmati boʻlimi mudiri Rohatoy Romanova soʻzga chiqib, Amudaryo muhandislik texnikumi talabalari, umumtaʼlim maktablarining kitobxon yoshlariga Axborot-kutubxona faoliyati, kitob jamgʻarmasi, kitobxonlarning toifalari xususida maʼlumot berib, uchrashuvda ishtirok etayotgan kitobxon yoshlarga yangi kitoblar va ularning yoshlar tarbiyasidagi oʻrni haqida batafsil soʻz yuritdi.

Shundan soʻng, “Yosh kitobxonlar” uchrashuv tadbiri ishtirokchilari bilan Robiya Yoʻldosheva dildan suhbat oʻtkazildi. Dildan muloqot tarzidagi suhbat asnosida Robiya Yoʻldosheva kitobning oʻz hayotida tutgan oʻrni, ayniqsa, insonning shaxs sifatida shakllanishidagi ahamiyati haqida yoshlarga ibratli hikoyalar misolida tushunchalar, tavsiyalar berdi. Ayniqsa, kitobxonlik insoning nutq va muomala madaniyatini yuksaltirishi, bilimdon, dunyoqarashi keng shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishni hayotiy misollar orqali ifodalab, tumanimizdagi kitobga mehr qoʻyib, hayotda oʻz tengdoshlariga namuna boʻlayotgan yoshlar koʻpligini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Tadbirda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi masʼul kitobasi Ozoda Xudoyberganova ham soʻzga chiqib, kitob tufayli oʻzi hayotda erishgan yutuqlari haqida soʻz yuritib, yoshlarni yanada koʻproq oʻqishga, kitobxonlikni eng yaxshi, eng sevimli mashgʻulot sifatida doimiy kun tartibiga kiritib, muntazam shugʻullanishga daʼvat etdi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi, 35-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Barno Samandarova bilan yosh kitobxonlarning samimiy suhbati hayajonli daqiqalarga boy boʻldi. Barnoxon Samandarova kitobxonlik unga nafaqat bilimdonlik sari, balki kelajak orzulari sari ham yorugʻ yoʻl ochganini quvonch bilan taʼkidladi.

Inson qanchalik koʻp kitob oʻqisa, nafaqat uning bilish saviyasi yuksaladi, balki dunyoqarashi kengayib, hayotda tobora faollashib boradi. Har qanday vaziyatda oʻz fikrini yuksak maʼrifati, maʼnaviyati bilan ifoda etish orqali, suhbatdoshlariga maʼnaviy taʼsir oʻtkaza oladi. Boʻlib oʻtgan “Yosh kitobxonlar” bilan uchrashuv tadbiri yoshlar qalbida ana shunday ezgu tuygʻularni uygʻotgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Ravshan Bahromov, Mahmudjon Shomurodov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026