14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:33
Siyosat 👁 257

YaNGI TAHRIRDAGI KONSTITUTsIYaMIZNING BOSh MAQSADLARIDAN BIRI – TINChLIKSEVAR TAShQI SIYoSAT

YaNGI TAHRIRDAGI KONSTITUTsIYaMIZNING BOSh MAQSADLARIDAN BIRI – TINChLIKSEVAR TAShQI SIYoSAT

Shu yil 30-aprelda oʻtkaziladigan referendum natijalari har bir  yurtdoshimizning kelajagiga, taqdiriga bevosita taʼsir qilishi hech kimga sir emas. Chunki, ayrim qonunlar borki, ular faqat maʼlum toifadagi yoki kasbdagi yoxud yoshdagi aholi qatlamning huquq va manfaatlarini qamrab oladi, ayrimlari esa vaqt nuqtai nazaridan maʼlum muddatgagina amal qiladi. Ammo Konstitutsiya – mamlakat aholisining har birining taqdiriga doimiy bogʻliq hujjatdir. Shunday ekan yangilanayotgan Konstitutsiyamiz ham oʻzida davlatimizning oliy maqsadlarini, kuch-qudratini, davlat va fuqaro oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlar taqsimotini, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatini hamda odil sudlovga erishish darajalarini belgilab bermoqda.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri bilan tanishib chiqqan fuqaro loyihaning har bir moddasi zamirida kelajak uchun katta marralar qoʻyilganini, har bir insonning ertangi kuniga katta ishonch tuygʻusi yoʻgʻrilganligini sezadi.

Konstitutsiyamizning yangi loyihasi hozirgi koʻrinishga kelgunga qadar aholining 220 mingdan ortiq taklif va mulohazalar kelib tushgani, shundan tegishli komissiyalar tomonidan 20 mingga yaqin takliflar oʻrganib chiqilgani, Konstitutsiyadagi normalar insonning maktabgacha taʼlim yoshidan pensiya yoshiga yetgunga qadar boʻlgan umri davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlarini qamrab olgani uning tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi ekanligini isbotlaydi.

Hammamizga maʼlumki, bosh Qomusimizning ayrim normalari oldingi tahrirda qoldirilgan boʻlsa, ayrimlari yangilandi, ayrimlariga esa qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Shu oʻrinda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 4-bobi, yaʼni 17-,18-moddalariga toʻxtalib oʻtsak. Amaldagi Konstitutsiyamizda davlatimizning tashqi siyosatiga oid faqat bitta, yaʼni 17-modda mavjud. Unda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari toʻla huquqli subʼekt ekanligi taʼkidlanib, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tashqi siyosatning maqsadi va huquqiy asoslari  (xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan printsip va normalari) sanab oʻtilgan.

Yangi loyihada esa bu qoida va maqsadlar yanada aniqlashtirilgan. Jumladan, 4-bob 18-modda bilan toʻldirilib, unda Oʻzbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishi belgilab berilgan va  Oʻzbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkinligi qayd qilingan.

Hozirgi globallashuv davrida xalqimiz bosh Qomusida Davlatimizning tinchliksevar tashqi siyosat olib borishi alohida taʼkidlab oʻtilgani fikrimcha muhim ahamiyatga ega. Oxirgi yillarda dunyoda yuz berayotgan bosqinchilik va tajovuzkor harakatlar, buning oqibatida yuzaga kelayotgan gumanitar talofatlar yer sayyorasining har bir fuqarosida tinchlikka boʻlgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda.

Maʼlumki, oʻtgan yillar davomida qoʻshni davlatlar bilan aloqalarimizning bir muddat sovugani hech kimga sir emas. Muhtaram Prezidentimizning faoliyat boshlagan ilk yillaridanoq mazkur masalaga alohida eʼtibor bilan qarab, qoʻshni, birodar davlatlar bilan chegralarni ochishi, chegara va bojxona siyosatida yengilliklar va aholi uchun qulayliklar yaratilishi Oʻrta Osiyo xalqlarini yanada jipslashtirdi. Tarixan rivojlangan bordi-keldi va savdo aloqalari, madaniy va ilmiy hamkorliklar oʻz tizginiga qaytdi. Davlatimizning bunday siyosatini faqatgina qoʻshni davlatlar emas, xalqaro hamjamiyat ham qoʻllab-quvvatladi. Natijada yil sayin keskinlashib borayotgan munosabatlar doʻstona ruh kasb etdi. Qisqa fursatda Oʻzbekiston dunyo davlatlari uchun turizm markazi, qulay investitsiya makoni hamda madaniy va savdo aloqalari chorrahasiga aylandi.

Davlatimiz tashqi siyosatini bunday ruhda davom ettirishiga ishonchimiz komil. Sababi Konstitutsiyada buning huquqiy asoslari toʻla-toʻkis va aniq belgilab berilmoqda. Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligi bosh maqsad qilib qoʻyilmoqda.

Shunday ekan, 2023-yil 30-aprelda oʻtkaziladigan referendum, bu shunchaki muhim siyosiy tadbir boʻlib oʻtadigan kun boʻlibgina qolmay, har birimizning,  farzandlarimizning tinchligini, farovon va osuda hayotini belgilab beruvchi hujjatning qabul qilinishi uchun ovoz beriladigan kun ekanligini unutmaylik!

Moʻminjon Matyusupov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maʼmuriy sudi bosh konsultanti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019